

Buxoro davlat pedagogika instituti dzyudo to‘garagi faoliyati yo‘lga qo‘yildi!
👍 Buxoro davlat pedagogika institutida talaba-yoshlarni sportga keng jalb etish, jismoniy tayyorgarligini mustahkamlash va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida dzyudo sport to‘garagi o‘z faoliyatini boshladi.
💪 Mashg‘ulotlar davomida talabalarning jismoniy imkoniyatlarini rivojlantirish, dzyudo usullarini o‘rgatish, intizom va matonatni shakllantirishga e’tibor qaratiladi.
📅 Mashg‘ulot kunlari: dushanbadan jumagacha
🕒 Vaqti: 15:00
📍 Manzil: Buxoro davlat pedagogika instituti sport zali
📞 Bog‘lanish uchun: +998 88 519 09 09