Corporate Logo Corporate Logo

Ishonch telefoni: 0 (365) 226-10-97'

o'zb | рус| eng
Batafsil

“Men jadidlar avlodi” Respublika insholar tanlovi

  • 2-Mart, 2024-yil 16:42
Blog Image

Hurmatli Buxoro pedgagogika instituti talabalari, sizlarga O'zbekiston Shanxay Hamkorlik Tashkiloti Xalq diplomatiyasi markazi tomonidan   “Men jadidlar avlodi” Respublika insholar tanlovi boshlanganligini e'lon qilamiz !!!

Talablar

— O'zbekiston Respublikasidagi barcha oliy ta’lim muassasalarining talabalari ishtirok etishi mumkin;

— Tanlov ishlari o'zbek, ingliz yoki rus tillarida taqdim etilishi kerak;

— Faqat yakka tartibda tayyorlangan ishlar qabul qilinadi.

Foydali tomonlari

— Dasturda bepul qatnashish mumkin;

— Tanlov g'oliblari, laureatlar va nominatsiyalar bo'yicha g'oliblarga SHanxay Hamkorlik Tashkiloti Xalq diplomatiyasi markazi tomonidan maxsus diplom va mukofotlar beriladi;

— Tanlov g'oliblari va laureatlari o'z ishlarini markazning veb-saytida chop etish huquqiga ega bo'ladilar.

Tanlov ishtirokchilari tomonidan insholar  2024-yilning 30-martiga qadar qabul qilinadi.

Arizalar elektron shaklda info@scocenter.uz elektron pochta manziliga yuborilishi lozim.

Tanlov nizomi: Nizom