Corporate Logo Corporate Logo

Ishonch telefoni: 0 (365) 226-10-97'

o'zb | рус| eng
Batafsil

Yashil Buxoroni birga yarataylik!

  • 14-Mart, 2024-yil 23:44
Blog Image

“Yashil Vatan uchun” loyihasi doirasida Buxoro ixtisoslashtirilgan “Jayron” pitomnigi hududi bo'lgan Qorovulbozor tumanida “Cho’lquvar” massivi saksovul ko’chatlarini ekish aksiyasini o‘tkazish. 

Viloyat hokimi tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgan “Yoshlar – yashil taraqqiyot uchun birlashaylik” loyihasi doirasida har yili Buxoro davlat pedagogika instituti tomonidan qator ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.

Bizni qarshi bu bahor ham yashil mamlakatimizni barpo etishda institut jamoasi o‘z hissasini qo‘shish maqsadida Buxoro viloyatining Qorovulbozor tumanida saksovul ko‘chatlarini o‘tqazish ishlarini amalga oshirishdi.

Oliygohning Ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha prorektori Hafiza Ortiqova boshchiligidagi 100 ga yaqin ko‘ngilli talabalardan iborat jamoa tomonidan 100 dan ortiq saksovul ko‘chatlari ekildi. 

"Agar dunyoda yaxshilik qilish kerak bo‘lsa, yaxshilik qilish kerak bo‘lgan ilk manzil bu kindik qoning to‘kilgan maskandir. Mamlakatimiz eshiklarini qo‘shib turgan bu qut-baraka oyida esa yurtboshimiz boshlab bergan ezgu faoliyatning davomi ko‘ngilli sifatida o‘z ona shahrimda amalga oshirib turganimdan xursandman. Zero, meni ulg‘aytirib, voyaga yetkazgan shahrim, yurtim kelajagi ravnaqi uchun faoliyat yuritmoq men uchun ham farz ham qarz deb bilaman. Mana shunday o‘z imkoniyatimni yurtim istiqboli uchun safarbar qilmoqlikka shart-yaratib bergan prezidentimiz hamda institutimiz rahbariyatiga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman",-deya sayohat haqida o‘z taassurotlari bilan bo‘lishdi ishtirokchilardan biri.