shape
shape

Buxoro davlat pedagogika institutida pedagogik ta’lim rivojiga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

  • Bosh sahifa
  • Buxoro davlat pedagogika institutida pedagogik ta’lim rivojiga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Event Image

Buxoro davlat pedagogika institutida pedagogik ta’lim rivojiga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Buxoro davlat pedagogika institutida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining pedagogik ta’limni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti rektori Hilola O‘ktamovna Umarova hamda Respublika pedagogika oliygohlarining rektor va prorektorlari ishtirokida muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tashrif davomida mehmonlar institutda ta’lim sifatini oshirish, talaba-yoshlar uchun zamonaviy va qulay ta’lim muhitini yaratish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar bilan yaqindan tanishdilar. Jumladan, zamonaviy o‘quv auditoriyalari, innovatsion laboratoriyalar, axborot-resurs markazi, sport majmualari hamda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga xizmat qilayotgan infratuzilmalar alohida e’tirof etildi.
Shuningdek, institutda faoliyat yuritayotgan sun’iy intellekt xonalari, “Aqlli xona” innovatsion ta’lim muhiti, zamonaviy axborot-resurs markazi, inklyuziv ta’lim markazi hamda robototexnika laboratoriyalarida yaratilgan keng imkoniyatlar mehmonlarda katta taassurot qoldirdi. Raqamli texnologiyalar asosida jihozlangan ushbu zamonaviy maskanlar ta’lim jarayonini innovatsion yondashuvlar asosida tashkil etish, talabalarning amaliy bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash, kreativ fikrlash salohiyatini rivojlantirish hamda ularni zamonaviy kasb va texnologiyalarga yo‘naltirishda muhim ahamiyat kasb etayotgani alohida ta’kidlandi. Shuningdek, axborot-resurs markazidagi elektron bazalar va raqamli kutubxona tizimi, “Aqlli xona”dagi interaktiv texnologiyalar, inklyuziv ta’lim markazida yaratilgan qulay muhit hamda robototexnika laboratoriyalaridagi innovatsion loyihalar uchun yaratilgan sharoitlar institutda ta’lim sifati va samaradorligini yangi bosqichga olib chiqayotgani yuqori baholandi.Mehmonlar tomonidan institutda amalga oshirilayotgan innovatsion yondashuvlar, amaliy bilimlarni mustahkamlashga qaratilgan tizimli ishlar hamda xalqaro standartlarga mos ta’lim muhitini shakllantirish borasidagi sa’y-harakatlar yuqori baholandi. Mazkur uchrashuv pedagogik ta’lim tizimida o‘zaro tajriba almashish, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish, zamonaviy ta’lim texnologiyalarini keng joriy etish hamda oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.