Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin!
shape
shape

Institut tarixi

Buxoro davlat pedagogika instituti tarixi

    Buxoro davlat pedagogika instituti O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Pedagogik ta’lim sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2020 yil 27 fevraldagi PQ-4623-sonli qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 6-apreldagi 188-sonli Qarori bilan Buxoro davlat universitetining pedagogika ta’lim sohasi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari negizida Buxoro davlat universitetining Pedagogika instituti sifatida tashkil etildi.

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 21-iyundagi "Pedagogik ta’lim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-289-sonli Qaroriga muvofiq Buxoro davlat pedagogika instituti sifatida faoliyatni davom ettirdi.

    Asosiy maqsad:

    Pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalarini tizimli rivojlantirish va ularda boshqaruv faoliyatini takomillashtirish, ilg‘or xorijiy tajribalarni joriy qilgan holda zamonaviy ta’lim dasturlarini ishlab chiqish, yuqori malakali professional kadrlar tayyorlashni yangi bosqichga ko‘tarish, shuningdek, pedagogika sohasida ta’lim, ilm-fan va amaliyot uyg‘unligini ta’minlash.

 

    Institutning rivojlanishi

    Institut tashkil topganidan buyon bir necha muhim o‘zgarishlar ro‘y berdi:

 

    🎓 11.986 nafar talaba tahsil olmoqda.

    2024/2025 o‘quv yilida Buxoro davlat pedagogika institutida 6 ta fakultet, 21 ta kafedra faoliyat ko‘rsatmoqda. Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari soni 30 ta, magistratura mutaxassisliklari soni 23 tani tashkil etadi.

    Institutda jami 12124 nafar talaba tahsil olmoqda. Shundan, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida 11793 nafar (kunduzgi–7277 nafar, kechki–964 nafar, sirtqi–3552 nafar), magistratura mutaxassisliklarida 331 nafar talaba tahsil olmoqda.

👩🏫 391 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat yuritmoqda, ulardan 149 nafari ilmiy darajaga ega.

🏢 Ta’mirdan chiqqan zamonaviy o‘quv binolari, kutubxona, informatika laboratoriyalari va talabalar turar joylari foydalanishga topshirildi.

    Instituti ta’lim jarayonni yaxshilash maqsadida institutda 9 ta kompyuter xonasi bo‘lib 138 ta zamonaviy kompyuterlar bilan jihozlangan. Bundan tashqari 6 dona elektron doska, 17 dona videoproyektor va 1 dona infokiyoska bilan jihozlangan. Institut hududida 27 dona wi-fi qurulmalari o‘rnatilgan bo‘lib binolarning 90% qamrab olgan.

    Institut HEMIS axborot tizimida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida 11793 nafar (kunduzgi–7277 nafar, kechki–964 nafar, sirtqi–3552 nafar), magistratura mutaxassisliklarida 331 nafar tahsil olayotgan talabalar hamda 521 nafar professor-o‘qituvchilar haqida to‘liq ma’lumotlar kiritilgan.

    Instituti ta’lim jarayonni yaxshilash maqsadida institutda 9 ta kompyuter xonasi bo‘lib 138 ta zamonaviy kompyuterlar bilan jihozlangan. Bundan tashqari 6 dona elektron doska, 17 dona videoproyektor va 1 dona infokiyoska bilan jihozlangan. Institut hududida 27 dona wi-fi qurulmalari o‘rnatilgan bo‘lib binolarning 90% qamrab olgan.

    Institut HEMIS axborot tizimida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida 11793 nafar (kunduzgi–7277 nafar, kechki–964 nafar, sirtqi–3552 nafar), magistratura mutaxassisliklarida 331 nafar tahsil olayotgan talabalar hamda 521 nafar professor-o‘qituvchilar haqida to‘liq ma’lumotlar kiritilgan.

    HEMIS axborot tizimida institutda faoliyat olib borayotgan bo‘limlar, fakultetlar, kafedralar, xodimlar va professor-o‘qituvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar to‘liq va talab darajasida shakllantirilgan. Xodimlarni tegishli bo‘limlarga, o‘qituvchilarni tegishli kafedralarga biriktirilgan. HEMIS axborot tizimida 2024/2025 o‘quv yili uchun reyting qaydnomalari shakllantirilib, nazoratlar o‘z muddatlarida qo‘yib borilmoqda, talabalarning tegishli buyruqlari (qabul, kursdan-kursga ko‘chirish, stipendiya tayinlash, akademik ta’til berish, akademik mobillik, chetlashtirish, tiklash, bitirish) kiritilgan, diplom va diplom ilovalari belgilangan tartibda to‘liq shakllantirilgan.

    Kafedradagi professor-o‘qituvchilarni 2024/2025 o‘quv yilida o‘qitiladigan tegishli fanlarga biriktirilgan, reja asosida malaka oshirish muddati kiritilgan, professor-o‘qituvchilar tomonidan o‘tilayotgan darslarning, ilmiy faoliyati monitoringi (fan resurslarining joylashtirilganligi) olib borilgan, Davlat attestatsiya komissiyalari ro‘yxati, bitiruv malakaviy ishi va magistrlik dissertatsiya mavzulari kiritilgan, professor-o‘qituvchilar tomonidan fan mavzulari va mustaqil ta’lim mavzulari, fan resurslari, fan topshiriqlari, test nazoratlari yaratilgan, dars mashg‘ulotlarini dars jadvaliga muvofiq o‘z vaqtida tizimda ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Ilmiy faoliyat bo‘limida chop etilgan tezis, maqola, o‘quv adabiyoti, ixtiro, foydali model, intelektual mulk, o‘quv qo‘llanma, darslik, uslubiy ko‘rsatma, monografiyalar kiritilib borilmoqda.

    HEMIS tizimida Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 31 dekabrdagi 824-son “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini tashkil etish bilan bog‘liq tizimni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida tegishli bo‘lgan o‘quv me’yoriy hujjatlar, jumladan: jami 197 ta, shundan: kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha 84 ta, kechki ta’lim shakli bo‘yicha 19 ta, sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha 49 ta, magistratura 45 ta o‘quv reja ishlab chiqib tasdiqlangan va hemis tizimiga shakillantirilgan. 529 ta akademik guruh uchun dars jadvali, nazoratlar jadvali, fan qaydnomalari, o‘quv mashg‘ulotlarining belgilanishi, talabalar davomatining belgilanishi to‘liq hemis tizimi orqali yuritilmoqda. Shuningdek 2024 yil 1 dekabr sanasidan boshlab talabalarning stipendiya bildirishnomalari va buyruqlari ham HEMIS tizimi orqali shakillantirildi.

    Axborot-resurs markazining o‘quv va kompyuter zali, kitob fondi mavjud bo‘lib, jumladan, 100 ta stol, 100 ta stul, 4 ta kondisioner, kitoblar reklamasi uchun 1 ta televizor va 1 ta kiosk  20 ta shkaf javoni, 41 dona kitob javoni va boshqa jihozlar bilan ta’minlangan. ARMda 3 ta filiallari talabalar turar joyi, harbiy ta’lim va pedagogika fakultetlarida joylashgan.

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi tomonidan kutubxonachilikka oid qabul qilingan qonun va qarorlar, Axborot-resurs markazi Nizomi, Axborot-resurs markazidan foydalanish qoidalari, buyruqlar, yo‘riqnomalar mavjud.

    Institutda 2024 yil holatiga ko‘ra Axborot-resurs markazining umumiy fondi 24945 nusxada 4979 nomda bosma shakldagi, 4743 nomda elektron shakldagi adabiyotlar tashkil etadi.

    2024/2025 o‘quv yilini samarali tashkil etish uchun 193 nomda 3405 sonda adabiyotlar sotib olingan.

    2024 yilda institut professor-o‘qituvchilari tomonidan 985 sonda o‘quv adabiyoti yaratilgan. Shundan, 366 ta darslik, 351 ta o‘quv qo‘llanma, 36 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanma, 169 ta monografiya, 7 ta siyosiy va 56 ta boshqalar adabiyotlar tashkil qiladi.

    ARM 50 ming adabiyot sig‘imiga ega, ARMning umumiy kitob fondi 4983 nomda, 25062 nusxani tashkil qiladi. ARM 100 ta o‘ringa ega.

    ARMda bugungi kunga qadar 4318 nomdagi adabiyotlar KARMAT dasturiga kiritilgan.

    ARM internet tarmog‘iga ulangan, 4 ta Wi-fi uskunasi o‘rnatilgan, ularning tezligi 100 mb/sek. Institut SCOPUS, Web of Science kabi xalqaro ilmiy ma’lumotlar ba’zasiga ulangan.

    ARMning masofadan turib foydalanish imkoni bo‘lgan www.elib.buxdupi.uz sayti mavjud bo‘lib, unda 4743 dan ziyod elektron resurslar joylashtirilgan hamda Axborot-resurs markazidagi 4142 ta o‘quv va ilmiy adabiyotlar OTM larning yagona unilibrary.uz yelektron platformasiga (100%) yuklangan. catalog.unicat.uz platformasiga 3580 ta adabiyot yuklangan.

 

📚 Ta’lim yo‘nalishlari faqat pedagogikaga ixtisoslashgan

TA’LIM YO‘NALISHLARI

BAKALAVRIAT (KUNDUZGI); O‘QISH MUDDATI 3 YIL

  • 60110200 — Maktabgacha ta’lim
  • 60110500 — Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi
  • 60110600 — Musiqa ta’limi
  • 60110700 — Chaqqirqqacha harbiy ta’lim
  • 60111200 — Jismoniy madaniyat
  • 60111300 — Texnologik ta’lim

BAKALAVRIAT (KUNDUZGI); O‘QISH MUDDATI 4 YIL

  • 60110100 — Pedagogika
  • 60110300 — Maxsus pedagogika
  • 60110400 — Boshlang‘ich ta’lim
  • 60110800 — O‘zbek tili va adabiyoti
  • 60110900 — Ona tili va adabiyoti: rus tili va adabiyoti
  • 60111000 — Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili
  • 60111100 — Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi
  • 60220300 — Tarix
  • 60310300 — Psixologiya
  • 60510100 — Biologiya
  • 60530100 — Kimyo
  • 60530200 — Geografiya
  • 60530500 — Fizika
  • 60540100 — Matematika
  • 60540200 — Amaliy matematika
  • 60610100 — Axborot tizimlar va texnologiyalari
  • 61010300 — Adaptiv jismoniy tarbiya va sport

BAKALAVRIAT (SIRTQI); O‘QISH MUDDATI 5 YIL

  • 60110100 — Pedagogika
  • 60110200 — Maktabgacha ta’lim
  • 60110400 — Boshlang‘ich ta’lim
  • 60110500 — Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi
  • 60110600 — Musiqa ta’limi
  • 60111200 — Jismoniy madaniyat
  • 60111300 — Texnologik ta’lim
  • 60310300 — Psixologiya

BAKALAVRIAT (KECHKI); O‘QISH MUDDATI 4,5 YIL

  • 60110200 Maktabgacha ta’lim
  • 60110400 Boshlang‘ich ta’lim
  • 60110700 O‘zbek tili va adabiyoti
  • 60111200 Jismoniy madaniyat
  • 60220300 Tarix
  • 60540100 Matematika

 

MAGISTRATURA

  • 70110101 Pedagogika nazariyasi va tarixi
  • 70110201 Pedagogika
  • 70110202 Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (maktabgacha ta’lim)
  • 70110204 Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim)
  • 70110501 Tasviriy san’at
  • 70110701 Musiqa ta’limi va san’at
  • 70110801 O‘zbek tili va adabiyoti
  • 70110802 Ona tili va adabiyoti: rus tili va adabiyoti
  • 70110901 Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili)
  • 70111001 Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (chaqiriqqacha harbiy ta’lim)
  • 70111101 Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘qitish metodikasi (ma’naviyat asoslari)
  • 70111201 Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘qitish metodikasi (huquq ta’limi)
  • 70111201 Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi
  • 70111301 Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (texnologik ta’lim)
  • 70510105 Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi (biologiya)
  • 70530104 Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi (kimyo)
  • 70530105 Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi (geografiya)
  • 70530106 Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi (fizika va astronomiya)
  • 70540104 Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi (matematika)
  • 70640101 Ta’limda axborot texnologiyalari
  • 70520202 Muhandislik grafikasi va dizayn nazariyasi
  • 70510101 Biologiya

Oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimi ixtisosliklari

Doktorantura (DSc, PhD)

13.00.01 - Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi

13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (sohalar bo‘yicha)

13.00.04 – Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi

13.00.08 - Maktabgacha ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi

10.00.01 – O‘zbek tili

10.00.02 – O‘zbek adabiyoti

07.00.01 – O‘zbekiston tarixi

09.00.03 – Falsafa tarixi

09.00.04 – Ijtimoiy falsafa

13.00.07 – Ta’limda menejment (pedagogika fanlari) ixtisosligi;

13.00.09 – Ijtimoiy pedagogika;

10.00.05 – Osiyo va Afrika xalqlari tili va adabiyoti;

10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik.

 

Rektor haqida

MA’MUROV BAXODIR BAXShULLOEVICh

 pedagogika fanlari doktori (DSc), professor

 

    Ilmiy-uslubiy faoliyati:

        Ilmiy ishlarining umumiy soni: 150 dan ortiq.

    Scopus xalqaro ma’lumotlar bazasi bo‘yicha:

        Maqolalar soni: 5 ; Xirsh indeksi 4; Iqtibosliklar soni: 135.

    Web of Science xalqaro ma’lumotlar bazasi bo‘yicha:

        Maqolalar soni: 2 ta; Xirsh indeksi 3; Iqtibosliklar soni: 171 ta.

    Google Scholar xalqaro ma’lumotlar bazasi bo‘yicha:

        Maqolalar soni: 45 ta; Xirsh indeksi 28; Iqtibosliklar soni: 4615 ta.

        Darsliklar soni: 5 ta; O‘quv qo‘llanmalar soni: 8 ta; Monografiyalar soni: 4 ta;  O‘quv-uslubiy qo‘llanmalar soni: 5 ta; Enseklopediya: 3 ta tomdan iborat Pedagogika enseklopediyasi.

    Xorijiy OTM va ITIlarga ilmiy xizmat safarlari:

  • 2015 yil dekabr, M. V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti
  • 2016 yil mart, Moskva davlat pedagogika universiteti, M. V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti
  • 2016 yil aprel-may, Italiya  Piza universiteti
  • 2016 yil aprel-may, Fransiya Lion pedagogika maktabi
  • 2019 yil may, Altay davlat pedagogika universiteti (Rossiya)
  • 2019 yil noyabr, M. V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti, (Rossiya)
  • 2018 yil aprel, M. V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti (Rossiya), Polsha Paloniya univesiteti, Varshava.
  • 2016 yil oktyabr-noyabr Chelyabinsk davlat madaniyat instituti (Rossiya)
  • 2021 sentyabr, Sevastopol davlat universiteti, Qrim. (Rossiya)
  • 2021 yil noyabr, II Rossiya-O‘zbekiston ta’lim forumi, Moskva
  • 2022
  • 2023
  • 2024
  • 202555

        Tanlovlarda ishtiroki:

2015 yil, “Yilning eng yaxshi darsligi va o‘quv adabiyoti muallifi-2015” Respublika tanlovida faxrli 1-o‘rin sohibi;

  Xalqaro ilmiy jurnallarda tahririyat a’zoligi:

    Vestnik Altayskogo gosudarstvennogo pedagogicheskogo universiteta;

    Innovatsionnoe razvitie professionalnogo obrazovaniya. Chelyabinskiy institut razvitiya professionalnogo obrazovaniya;

    Nauka i jizn Kazaxstana;

    Ta’lim va innovatsion halqaro ilmiy-metodik jurnalining bosh redaktori va asoschisi;

    “Xalq ta’limi” jurnali.

    Xalqaro jamiyatlardagi faoliyati:

    «Mejdunarodnaya akademiya nauk pedagogicheskogo obrazovaniya» (MANPO) akademigi;

    Xalqaro va mahalliy davlat grantlarida ishtiroki:

    F1-XT-1-55237  “Pedagogik atamalar mazmunini moderni-zatsiyalash va unifikatsiyalash parametrlari” fundamental loyixa (2012-2016 yy.).

    F1-XT-1-31247 - “O‘quvchilarda o‘zaro do‘stona munosabatlarga asoslanib hamkorlikda faoliyat ko‘rsatish ko‘nikmalarini shakllantirish strategiyasi” fundamental loyixa (2012-2016 yy.)

    XT-F2-003   «Umumiy o‘rta ta’lim mazmunini modernizatsiyalashning didaktik parametrlari va strategiyasini belgilash» fundamental loyixa (2007-2011 yy.)

    FZ-2016-0909111822  – davlat qayd raqami bilan ro‘yxatdan o‘tgan “Darsliklar va o‘quv adabiyotlari mazmuniga Sharq pedagogik tafakkuri durdonalarini singdirish orqali o‘quvchilarda ommaviy madaniyatga qarshi kurashchanlik ko‘nikmalarini shakllantirish mexanizmlari”  fundamental loyixa (2017-2020 yy.)

    A1-XT-1-19701 - “O‘quvchilarning o‘quv-biluv imkoniyatlarini kengay-tirishga xizmat qiladigan vaziyat-larni loyihalash mexanizmlari” amaliy loyixa (2012-2014 yy.)

    I-2016-1-10 «Razrabotka i vnedrenie mexanizma formirovaniya i razvitiya ekonomicheskoy kulturы studentov» mavzusidagi ilmiy tadqiqot ishi (innovatsion loyiha) (2016-2017)

    O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirligi ekspert kengashi a’zoligi:

    2022 yil, 15 fevral. 40-sonli Buyruq. “Pedagogika va psixologiya fanlari” yo‘nalishi bo‘yicha ilmiy-texnik kengash.

     Ilmiy rahbarligida tayyorlangan shogirdlari:

    5 nafar falsafa doktori (PhD): B.B. Sa’dullaev (2019); Berdieva Muhabbat Meylievna (2020); Muzafarova Feruza Baxridinovna (2021); Mamatov Dilshod Kodirovich (2021); Davronov Nurzod Ismoilovich (2022);

Ozoda Ergasheva (2016) Respublika fan olimpiadasida jismoniy tarbiya yo‘nalishi bo‘yicha faxrli 3-o‘rinni egallagan.

2  nafar “Navoiy” nomidagi davlat stipendiant O. Ergasheva (2016), M. Sattorov (2020).

3 nafar “Zulfiya” nomidagi davlat mukofoti sovrindorlari: Sarvina Xolikova, Gulnoza Alieva, Husniyabonu G‘ulomovalar.

    Yo‘lga qo‘yilgan xalqaro hamkorlik aloqalari:

  Ye. I. Artamonova (Moskva), I. I. Yemelyanova (Janubiy Ural); G. A. Kuzmenko (Moskva); V. V. Kulishov (Ukraina); I. R. Lazarenko (Altay, Rossiya); O. G. Filippova (Moskva); Xristo Kyuchukov (Germaniya); M. I. Kumskov (Moskva); S. D. Maksimenko (Ukraina); Hazretali Tursun (Turkiya); Irada Mamedova (Ozarbayjon); Timur Xo‘jao‘g‘li (Mechigan AQSh); Nuriddin Xotuno‘g‘li (Turkiya); S. K. Mullodjanov (Tojikiston); V. V. Dolgov (Udmurt) S. V. Gushko (Ukraina), Ye.O. Alauxanov (Qozog‘iston), A.A.Beznosyuk (Kiev), T.I.Kochergina (Kiev).

      Ilmiy kengashdagi faoliyati:

    Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti huzuridagi Phd.12/30.12.2019.Ped.80.01, Buxoro davlat  universiteti huzuridagi PhD.03/30.12.2019.Ped.72.04 raqamli Ilmiy kengash va unga qarashli ilmiy seminar a’zosi.

    Jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirish va chempionlarni tayyorlashda qo‘shgan hissasi:

    Sh. Xalilov 2012 yil Londonda bo‘lib o‘tgan XIV Paralimpiya o‘yinida oltin medalni qo‘lga kiritgan.

    2013 yil “Universiada-2013” sport musobaqasida kurash bo‘yicha 8 ta (2 ta oltin, 6 ta kumush), yengil atletika bo‘yicha 5 ta (1 ta oltin, 2 ta kumush, 2ta bronza) medallari qo‘lga kiritilgan bo‘lib, basketbol jamoasi faxrli 1-o‘rinni egallagan.

    2016 yil “Universiada-2016” sport musobaqalarida 4 ta oltin, 6 ta kumush va 6 ta bronza medal.

    2020 yil “Universiada-2020” sport musobaqalarida dyuzdo, kurash, belbog‘li kurash, yengil atletika, futbol sport turlari bo‘yicha yuqori natijalar qayd etilgan.

    2016 yilning 5-21 avgust kunlari o‘tkazilgan Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahridagi yozgi Olimpiada va paralimpiada o‘yinlarida: Xalil Sharipov dzyu-do sport turi bo‘yicha, Nigina Sharipova yengil atletika (100 va 200 metr yugurish bo‘yicha 2 ta yo‘llanma) sport turi bo‘yicha va  Sardor Do‘stmurodov og‘ir atletika sport turlari bo‘yicha yuqori natijalarga erishgan.

    2021 yil 24 avgustdan boshlab o‘tkazilgan Paralimpiada o‘yinlarida Sherzod Namozov (dzyudo), 4-kurs talabasi Muxammad Rixsimov (engil atletika) sport turi bo‘yicha qantashgan.

    N. Bozorova shashka bo‘yicha jahon chempioni, jangovar sambo bo‘yicha jahon birinchiligi sovrindori F. Boboev, O‘zbekiston chempionlari Akmal Xusenov, Hasan Bozorov, dzyu-do bo‘yicha Osiyo chempionlari Mirjon To‘xtaev, Murodjon Yuldashev, O‘zbekiston chempioni Hayitjon Temirov, chim ustida xokkey bo‘yicha Osiyo chempioni Mexrangiz Sharipova, Gavhar Saidmurodova, erkin kurash bo‘yicha Osiyo chempioni Sanjar Jo‘raev, O‘zbekiston hamda Osiyo chempioni Mirzabek Rahmatov, Ramazon Ibodov, Jahongirmirzo Turobov, Azizbek Soliev, Mirzo Hayitov, Sohib Iskandarov, O‘zbek jang san’ati bo‘yicha Osiyo chempioni Nodir Jumaev, badiiy gimnastika bo‘yicha O‘zbekiston chempioni Darya Svechnikova, Zarema Samadova, Angelina Sharipova, Anna Ten, Marjona Ibodova, Matluba Rashidova, taekvondo bo‘yicha O‘zbekiston chempioni Nigora Muhiddinova, Dildora Ellieva, Ferangiz Ismoilova, Xudoyor Muxsinov, tennis bo‘yicha Yekaterina Ilina, Maftunaxon Yunusova, Ahmad Ermatov, boks bo‘yicha sport ustalari Mironshoh Ibragimov, Sulaymon Latipov, og‘ir atletika bo‘yicha sport ustalari Durdona Ergasheva, Avez Idievlar.

    M. Sultonov (2017 yil 12-15 oktyabr) Serbiyada sambo bo‘yicha jahon chempionatida 1-o‘rin, N. Raxmonova 2 o‘rin.

    S. Jaffarov (2021) Tayland davlatining Bankok shaxrida o‘tkazilgan Boks bo‘yicha Osiyo chempionatida oltin medal.

 

TALABALAR HAYOTI

    BDPIda talabalar uchun:

    Institutda professor-o‘qituvchilarning zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida dars mashg‘ulotlarini olib borishlari va talabalarning mustaqil ta’lim olishlari uchun 2 ta smart doska, 7 ta proyektor va 65 dona kompyuterlar o‘quv jarayoni va darsdan bo‘sh vaqtlarida foydalanishlari uchun sharoit yaratilgan.

    O‘quv binolari va talabalar turar joylarida Wi-Fi qurilmalar o‘rnatilgan.

    O‘quv jarayoni xalqaro tajribada qo‘llanilib kelinayotgan kredit-modul tizimi asosida tashkil qilingan. Professor-o‘qituvchilarning kredit modul tizimi asosida dars mashg‘ulotlarini talablarga mos tarzda olib borishlari uchun barcha me’yoriy-huquqiy hujjatlar tayyorlangan va bu o‘quv jarayonining mazmunini tashkil qiladi.

    Institutda ta’lim jarayonini raqamlashtirish yo‘nalishida HEMIS axborot tizimini ta’lim jarayoniga joriy etish va boshqarishni avtomatlashtirish bo‘yicha ijobiy ishlar amalga oshirildi. Elektron platformaning barcha funksiyalaridan, barcha yo‘nalishlar bo‘yicha samarali foydalanib kelinmoqda.

    Institut Axborot resurs markazida 10 000dan ortiq adabiyotlar mavjud. Elektron kitoblarning bazasi hajmi 30 GB, ARMAT dasturidagi elektron bibliografik tavsiflar soni umumiy fondning 78 % ni tashkil qiladi. Institut professor-o‘qituvchilari tomonidan   ham shu qisqa muddatda 20 dan ortiq o‘quv adabiyotlari yaratildi va nashr qilindi

    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1993-yil 5-fevraldagi «Oʻzbekistonning oʻquvchi yoshlarini raʻbatlantirish choralari toʻgʻrisida»gi    PF-555-sonli, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-sentabrdagiRespublika oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan, ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan shuʻullanayotgan iqtidorli yoshlarni yanada qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida”gi PF-6309-son farmonlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 13-oktabrdagi “Oʻzbekiston iqtidorli yoshlarini taqdirlash va moddiy raʻbatlantirish toʻgʻrisida 226-sonli, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-iyuldagi “Respublika oliy ta’lim muassasalariga talabalikka qabul qilingan iqtidorli yoshlarni yanada qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5172-sonli qarori hamda Oʻzbekiston Respublikasi davlat oliy ta’lim muassasalariga oʻqishga qabul qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish boʻyicha Davlat komissiyasining 2022-yil 31-avgustdagi 3-son bayoni qaroriga muvofiq 2022/2023 oʻquv yili uchun oʻtkazilgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti granti tanlovi ʻoliblarini ragʻbatlantirish va ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2023-yil 22-noyabrdagi “2022/2023 oʻquv yili uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasi, Navoiy, Beruniy, Uluʻbek, Ibn Sino, Imom al-Buxoriy, Islom Karimov, Toʻlepbergen Qaipbergenov, Ibroyim Yusupov, Bobur va Pahlavon Mahmud nomli davlat stipendiyalariga tanlovlar ijrosini ta’minlash maqsadida bir qator ishlar amalga oshirildi.

    Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida Buxoro davlat pedogogika instituti rektorining 16-noyabr 2023-yilda 16-noyabrga 253-U sonli buyrugʻi chiqarildi. Ushbu buyruq bilan Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish maqsadida iqtidorli talabalarning roʻyxatini shakllantirib, “Ustoz-shogird” tizimida iqtidorli talabalarning tajribali professor-oʻqituvchilarga biriktirilganligi, kafedralar kesimida iqtidorli talabalar ilmiy tadqiqot faoliyatining natijalarini monitoringini yuritish, iqtidorli talabalarni qoʻllab quvvatlash, ularning murojaatlarini iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish boʻlimiga yetkazish maqsadida har bir kafedradan mas’ul pedagog-oʻqituvchi tayinlanganligi, kafedralarda tashkil etilgan ilmiy toʻgaraklar faoliyatini samarali tashkil etish ishlarini samarali tashkil etish uchun bir qator vazifalar belgilandi. Shuningdek, institutda har oyning birinchi haftaligida fakultetlar kesimida Iqtidorli talabalarning ijodiy koʻrgazmalari va , Institutda iqtidorli talaba yoshlar bilan kafedra mudirlarining uchrashuvi professional xodimlar bilan semenarlarini tashkil qilish Institutda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti granti tanlovi gʻolibi va Nomli davlat stipendiyasiga sazovor boʻlgan ʻoliblar bilan iqtidorli talaba yoshlarning uchrashuvlari, Iqtidorli talabalar bilan ishlash samaradorligini oshirish boʻyicha yoʻl xaritasi hamda institutda faoliyat koʻrsatayotgan ilmiy va ijodiy toʻgaraklarning nizomi tasdiqlandi.

    Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish maqsadida iqtidorli talabalarning roʻyxati shakllantirilib, “Ustoz-shogird” tizimida 2021-2022 o‘quv yilida 336 nafar iqtidorli talabalar 149 nafar tajribali professor-oʻqituvchilarga, 2022-2023 o‘quv yilida 554 nafar iqtidorli talabalar 202 nafar tajribali professor-oʻqituvchilarga, 2023-2024 o‘quv yilida 724 nafar iqtidorli talabalar 278 nafar tajribali professor-oʻqituvchilarga biriktirildi.

    2021-2022 o‘quv yilida kafedralarda tashkil etilgan umumiy 56 ta ilmiy va ijodiy toʻgaraklarda jami 1001 nafar talabalar ishtirok etgan va mazkur toʻgaraklarga jami 98 nafar mas’ul xodimlar biriktirilgan.

    2022-2023 o‘quv yilida tashkil etilgan umumiy 74 ta ilmiy va ijodiy toʻgaraklarda jami 1185 nafar talabalar ishtirok etishi ushbu toʻgaraklarga esa 121 nafar  mas’ullar biriktirilishi, 2023-2024 o‘quv yilida esa kafedralarda tashkil etilgan umumiy 123 ta ilmiy va ijodiy toʻgarak jarayonlarida jami 1354 nafar talabalar ishtirok etishi va toʻgaraklarni samarali tashkil etish uchun jami 157 nafar professor o‘qituvchilar mas’ul etib biriktirilgan.

 

    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti granti va nomli davlat stipendiyalari tanlovlari toʻgrisida

    2021-2022 o‘quv yilida jami 754 nafar iqtidorli talabalar ro‘yxatga olindi.

     2022-2023 o‘quv yilida 1 nafar talaba Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti granti tanlovi gʻolibi, 3 nafar talaba esa nomli davlat stipendiyalariga sazovor boʻldi.

    2023-2024 o‘quv yilida 2 nafar talaba Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti granti g‘olibi, 5 nafar  talaba nomli davlat stipendiyalariga sazovor boʻldi.

    2024-2025 o‘quv yilida 1 nafar talabalar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti granti Prezidenti granti g‘olibi, nomli davlat stipendiyalariga sazovor boʻlgan 10 nafar  talabalarga oyma-oy stipendiya toʻlanishi yoʻlga qoʻyildi.

    2023-2024 o‘quv yilida 1.Jabborova Gulchehra Jobir qizi (2-RUS-21 guruh)talabasi, 2.Vohidova Mohinur Nusratillo qizi Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) ta’lim yo‘nalishida (1XTA-21 guruh) talabasi Navoiy nomli davlat stipendiyasiga, 3.Barotov Murodjon Hamrayevich Aniq va tabiiy fanlar fakulteti Texnologik ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich (1TT-21 guruh) talabasi Barotov Murodjon Hamrayevich Islom Karimov nomli davlat stipendiyasiga, 4.Urunov Shoxijahon Jamshidovich Pedagogika va ijtimoiy fanlar fakulteti Tarix yo‘nalishida (1TAR-21 guruh) Bobur nomli davlat stipendiyasi. 5.Ozodov Oxunjon Qobil o‘g‘li Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda jismoniy tarbiya va sport ta’lim yo‘nalishi(1MBTJTS-22 guruh) Pahlavon Mahmud nomli davlat stipendiyasi 2024-2025 yil Navoiy nomli davlat stipendiyasi 1. Jo‘raboyeva Nigina Olimjon qizi Tillar fakulteti Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) ta’lim yo‘nalishi 4-bosqich 1XTA-21 guruh 2.Amonova Dilshoda Anvar qizi Tillar fakulteti Xorijiy tili va adabiyoti (ingliz tili) ta’lim yo‘nalishi4-bosqich 2XTA-21 guruh 3. Choriyeva Sabinabonu Akmal qizi Tillar fakulteti o‘zbek tili va adabiyoti ta’lim yo‘nalishi

     4-bosqich 2OʻTA-21 guruh 4. Axmedov Navzod Shuxratovich Jismoniy madaniyat fakulteti Jismoniy madaniyat ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich 1JM-22 guruh talabasi  5. Yangiboyeva Dildora Istamovna Tillar fakulteti xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich 1XTA-22 guruh 6.Yaxshimurodova Niginabonu Otabek qizi Pedagogika va ijtimoiy fanlar fakulteti milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi yo‘nalishi4-bosqich 1MIG-21 guruh 7. Davlatova Nasiba Ubaydilloyevna Aniq va tabiiy fanlat fakulteti texnologik ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich 2-TT-22-guruh 1. Protasov YorqinjonYoqubjon o‘g‘li Aniq va tabiiy fanlar fakulteti matematika vainformatika ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich 3MI-22 guruh Islom Karimov nomli davlat stipendiyasi 2.Maxamadov Abduhoshim Mo‘minjon o‘g‘li Pedagogika va ijtimoiy fanlar fakulteti tarix ta’lim yo‘nalishi 4-bosqich 2-Tar-21 guruh Bobur nomli davlat stipendiyasi 3.Hamroyev Ruslan Rustamovich Jismoniy madaniyat fakulteti maktabgachava boshlang‘ich ta’limda jismoniy tarbiya va sport ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich 1MBTJTS-22 guruh Pahlovon Maxmud nomli davlat stipendiyasi sovrindori bo‘lgan.

    Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 9-avgustdagidagi “Talaba va yoshlarning vaqtini mazmunli tashkil etish tadbirlarini tashkil etish” toʻgʻrisidagi 351-sonli buyrugʻi 9-bandida iqtidorli talaba yoshlar ishtirokida “Yoshlar Orolni asraydi” aksiyasini oʻtkazish va eng yaxshi deb topilgan loyiha muallifi boʻlgan talabalarni aksiyada ishtirokini ta’minlash yuzasidan institutning “Aniq va tabiiy fanlar” fakulteti 3-kurs talabalari tomonidan Qoraqalpoʻiston Respublikasi Moʻynoq tumanidagi tabiiy hududlarda umumiy mazmunga ega boʻlgan, hududlar bioxilma-xilligi, ekologiyasi, oʻsimlik va hayvonot dunyosini oʻrganishga baʻishlangan, “Yashil makon” umummilliy loyihasi institut talaba-yoshlarining boʻi”ni yaratish aksiyasi eng yaxshi loyiha deb topildi. Mazkur loyihani amalga oshirish uchun Viloyat hokimining 2023-yil 14-noyabrdagi 6/7068 - sonli chora-tadbirlar rejasi qabul qilindi.Buxoro davlat pedagogika institutining koʻngilli xodim va 100 nafar talaba-yoshlaridan iborat jamoasi Qoraqalpoʻiston Respublikasi Moʻynoq tumanida “Buxoro davlat pedagogika instituti talaba-yoshlarining boʻi”ni yaratish aksiyasi loyihasi doirasida tashrif buyurishdi. Moʻynoqda loyiha doirasida hududning iqlimiga mos keladigan uch ming toʻp koʻchatlar — qayragʻoch, jiyda, saksovul koʻchati va uruʻi, qandim, cherkez koʻchatlari ekildi. Buxoro davlat pedagogika instituti jamoasi Moʻynoq tumanidagi Orol dengizi tarixiy muzeyida boʻlib xodimlar va talaba-yoshlar Qoraqalpoʻistonning milliy udumlari bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Moʻynoq tumanidagi “Aq keme” yoshlar oromgohida koʻchatlari ekildi. Loyiha doirasida Moʻynoqda “Buxoro davlat pedagogika instituti talaba-yoshlar boʻi” barpo etildi.

Institut talaba-yoshlari oʻrtasida e’lon qilingan “TechnoWays” texnologik rivojlanish marafoni

    Institutda tahsil olayotgan talabalar tomonidan ishlab chiqilgan ilmiy-innovasion gʻoyalar, loyihalarni saralab olish, yoshlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida “TechnoWays” texnologik rivojlanish “TechnoWays” texnologik rivojlanish marafonini tashkil etish va oʻtkazish shartlari toʻgʻrisida ommaviy axborot vositalari, institut veb-sahifasida va talabalar oʻrtasida tarʻibot ishlari olib borildi.Institut talaba yoshlari “TechnoWays” texnologik rivojlanish marafonni oʻtkazish toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligining 2023-yil 3-aprel kunidagi 03/42-252-sonli xati hamda tasdiqlangan Nizomi, institut rektorining 2024-yil 10-yanvardagi “TechnoWays” texnologik rivojlanish marafonining institut bosqichini oʻtkazish toʻgʻrisida”gi 11-U-sonli buyrugʻi hamda tegishli talab etiladigan hujjatlar bilan tanishtirildi.

    Taqdim etilgan loyiha (gʻoya)larning mosligiga e’tibor qaratildi. Loyilar saralanib, yoshlarning ilmiy-innovasion ijodkorligini qoʻllab-quvvatlash maqsadidagi mazkur marafonda tijoratlashtirish mumkin boʻlgan loyihalar tanlandi.

    Komissiya tomonidan marafon ishtirokchilariga belgilangan reglamentiga asosan ajratilgan vaqt bildirilib, talaba-yoshlar tomonidan oʻz loyihalari taqdimot qilindi.

    Har bir loyiha taqdimotiga 7 daqiqa va qoʻshimcha savol-javoblarga 5 daqiqa vaqt ajratildi. Har bir loyiha:

  • gʻoya yoki loyihaning ilmiy-innovasion yangiligi;
  • gʻoya yoki loyihaning aniq bir muammoning yechimiga yoʻnaltirilganligi;
  • mavjud analoglardan afzalligi;
  • biznes modeli va monetizasiyasi;
  • gʻoyaning amalga oshirilishidan kutilayotgan natijalar;
  • loyiha taqdimotining mukammalligi;
  • loyiha pasporti, bizres rejasi va xarajatlar smetasi toʻldirilganligi kabi mezonlar asosida (maksimal 80 ballgacha) baholandi.

    Tanlov yakunida komissiya a’zolarining loyihalarga qoʻyilgan ballari umumlashtirildi va loyiha boʻyicha oʻrtacha ball hisoblandi. Baholash natijalariga koʻra:

  • Aniq va tabiiy fanlar fakulteti, “Tabiiy fanlar” kafedrasi, Biologiya yoʻnalishi 3-bosqich talabasi Karimov Diyorbek Toshtemir oʻgʻli – “Sun’iy

    hovuzlarda (Ryaska Lemna Minor) baliq ozuqasini yetishtirish” nomli loyihasi bilan 1-oʻringa;

  • Maktabgacha va boshlanʻich ta’lim fakulteti, Maktabgacha ta’lim kafedrasi maktabagacha ta’lim yoʻnalishi 3-bosqich talabasi Qudratilloyeva Asalxon -

    “Koʻrgazma uchun non tayyorlash texnologiyasi” nomli loyihasi bilan 2-oʻringa;

  • Jismoniy madaniyat fakulteti, Jismoniy tarbiya va sport kafedrasi 2-bosqich talabasi Oripov Abdullo “Balandligi oʻzgaruvchan maxsus gʻovlar” nomli loyihasi 3-oʻringa munosib deb topildi.

 

    Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 351-sonli buyrugʻi 7-bandiga asosan “Ayollar biznesiga birinchi qadam” tanlovini tashkil etish

    Buxoro davlat pedagogika institutida mazkur topshiriq ijrosi yuzasidan “Tadbirkor ayol va yoshlar uchrashuvi” tashkil etildi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis senati-Gender tenglikni ta’minlash masalalari boʻyicha komissiya huzurida tashkil etilgan respublika “Tadbirkor ayollar klubi”, Oʻzbekiston “Tadbirkorlar va ishbilarmon ayollar birlashmasi” rahbari Sodiqova Mamlakat Umedovna bilan talaba-yoshlar uchrashuvi o‘tkazildi.

    Uchrashuvda yosh talab-qizlarning tadbirkorlikka qiziqishi, tadbirkorning hayot yoʻlidagi muvaffiqiyat va mehnatlari, hozirgi tadbirkorlikning talablari va boshqa turli masalalarda fikr almashildi. Bu kabi uchrashuvlarni kelgusida davom ettirish belgilab olindi. Targʻibot maqsadida uchrashuv natijalari institutning rasmiy sayti, telegramm kanali va boshqa ijtimoiy tarmoqlarda yortildi.

 

    FAXRLI TALABALARIMIZ

    “Respublika oliy ta’lim muassasalariga talabalikka qabul qilingan iqtidorli yoshlarni yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qaroriga ko‘ra 2021-yildan boshlab davlat OTMlari bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakliga kirish imtihonlarida eng yuqori ball to‘plagan 200 nafar yoshlar uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti granti joriy qilingan edi. Qarorda grant bo‘yicha xarajatlar davlat budjetidan qoplanishi ko‘zda tutilgan. 2023-2024 o‘quv yili uchun o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti granti tanlovi 54 nafar da’vogar qatnashib, Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan o‘tkazilgan test sinovlari natijalariga ko‘ra, ularning 25 nafari g‘olib deb topildi.

    Quvonarlisi, g‘oliblar safida Buxoro davlat pedagogika instituti Tillar fakulteti talabasi Gulruxsor Jumayeva Buxoro viloyatidagi oliy ta’lim muassasalari talabalari ichida yagona O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti granti sohibasiga aylandi. Shu munosabat bilan u institut rahbariyati tomonidan pul mukofoti hamda tashakkurnoma bilan rag‘batlantirildi. Shuningdek, Gulruxsor o‘qish yakuniga qadar Prezident grantini uzluksiz olsa, bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos va turdosh mutaxassislik bo‘yicha magistraturaga kirish imtihonlarisiz qo‘shimcha davlat granti asosida talabalikka qabul qilinadi.

    2024-yil 7-may kuni Buxoro davlat pedagogika institutida "Ochiq eshiklar kuni" tadbiri yuqori saviyada tashkil etilib, oliy ta'lim muassasasida yoshlarning siyosiy-huquqiy savodxonligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, yoshlarga oid davlat siyosatinig ijrosini ta'minlash sohasida qilinayotgan ishlar, shuningdek OTM tarixi, ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar, ilmiy, o‘quv jarayonlari haqida batafsil ma'lumotlar berib o‘tildi. Bundan tashqari

    OTM binolari, axborot-resurs markazi, laboratoriyalar, sport zallari kabi talaba-yoshlarning ta'lim olishi, darsdan bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari uchun yaratilgan sharoitlar haqida ham ma'lumotlar berish orqali tur tashkil etiladi. Tur yakunida tashrif buyuruvchilarning ixtiyoriga ko‘ra esdalik uchun fotosessiya tashkil etiladi.