Sayt test rejimida ishlamoqda


Buxoro davlat universitetining Pedagogika instituti direktori M.I.Daminovning fuqarolar va jamoatchilik uchun korrupsiyaga qarish kurashishga oid

Murojaati

Qadrli yurtdoshlar!

Jamiyat taraqqiyotining kushandasi, jirkanch illat — korrupsiya va poraxo‘rlikka qarshi kurashish barchamizning burchimizdir!

Korrupsiya va poraxo‘rlik bu ma’lum bir sohaning emas, balki butun bir jamiyat taraqqiyotining kushandasidir. Har qanday davlatni ich-ichidan yemiradigan illat ham bu aynan korrupsiyadir.

Mazkur sohada Prezidentimiz tashabbusi asosida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar nafaqat barcha davlat organlari va tashkilotlari rahbarlariga, qolaversa, har bir fuqaroga korrupsiyaga qarshi kurashishda mas’uliyat yuklaydi.

Bu illatga qarshi kurashish – mamlakatimizda jadal sur’atlarda olib borilayotgan huquqiy islohotlar sharoitida inson va fuqarolarning huquq va erkinliklarini samarali himoya qilishning muhim vositalaridan biri bo‘lib kelmoqda. Mamlakatimizda korrupsiyani yengish, hokimiyat amaldorlarining halol ishlashini ta’minlash, bozor iqtisodiyotini yanada rivojlantirish, tadbirkorlar oldida turgan byurokratik to‘siqlarni olib tashlash, xalqqa va tadbirkorlarga xalaqit berayotgan to‘siqlarni bartaraf etish maqsadida bir qator Qonun va qonunosti hujjatlari qabul qilindi. Xususan, O’zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi, “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi, “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, “O’zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonlari va “O’zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori muhim ahamiyat kasb etib, o‘z natijasi va samarasini berib kelmoqda. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi, jamoat va parlament nazoratini ta’minlash mexanizmlari takomillashtirildi, shuningdek, huquqni muhofaza qilish va sud organlari faoliyatining huquqiy asoslari isloh qilindi. Mazkur hujjatlarda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida huquqiy madaniyatni yuksaltirish, korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni aniqlash, ularga chek qo‘yish, javobgarlikning muqarrarligi kabi masalalar aniq belgilab qo‘yilgan.

Korrupsiyaga qarshi kurashishda nafaqat huquqni muhofaza qiluvchi organlar balki, barchamiz mas’uldirmiz. Ushbu jarayonlarga har bir fuqaro, keng jamoatchilik va OAV vakillarining birgalikda ishtirok etishi samarali natijalarga erishishning eng maqbul yo‘li hisoblanadi.

Oliy ta’lim tashkilotlarida “Korrupsiyasiz soha” loyihasi doirasida tizimdagi korrupsiyani tag-tomiri bilan bartaraf etish bo‘yicha qator choralar ko‘rilmoqda. Buning uchun, Institutimizda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ichki tuzilma – Komplayens nazorat bo‘limi faoliyati yo‘lga qo‘yildi, uning tashkiliy-huquqiy asoslari to‘liq shakllantirildi.

Hurmatli abiteriyentlar, talabalar, magistrantlar, ilmiy iznanuvchilar, o‘qituvchilar, xodimlar, institut bilan shartnomaviy munosabatlarga kirgan yoki kirishni rejalashtirayotgan jismoniy yoki yuridik shaxslar!

Buxoro davlat universitetining Pedagogika instituti korrupsiyaviy jinoyatlarga qarshi murosasiz kurashish, xodimlar o‘rtasida xizmat mavqeyini suiiste’mol qilish, poraxo‘rlik kabi xatti-harakatlar sodir etilishini oldini olish hamda ta’limda korrupsiyani barataraf etishda faol hamkorlikka chaqiradi.

Agarda Siz, Institutda biror-bir korrupsiya bilan bog‘liq xatti-harakat (yoki harakatsizlik)ni kuzatsangiz, sezsangiz, xabardor bo‘lsangiz, bu haqda Institut direktoriga telegram ijtimoiy tarmog‘idagi @buxdupi_murojaatbot orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilishingiz mumkin.

Murojaatchilar, zarur hollarda esa ularning yaqin qarindoshlari haqidagi ma’lumotlarning sir saqlanishi to‘liq kafolatlanadi.

Yodingizda tuting, adolatsizlik, qonunga hurmatsizlik, kasbu amalga, ishonchga xiyonat qilib bo‘lmasligini o‘qib-uqqan, poraxo‘rlik va korrupsiyaga, suiiste’molchilikka qarshi o‘zida immunitet hosil qilgan yoshlar kelajakda jur’atli, vijdonli inson bo‘lib yetishadi. Shunday ekan barchamiz ushbu illatning avj olishiga, huquq va manfaatlarimizning buzilishiga yo‘l qo‘ymasligimiz lozim.