Sayt test rejimida ishlamoqda
Batafsil

Insholar tanlovi

  • 28-Noyabr, 2022-yil
Blog Image

Yoshlarda korrupsiyaga qarshi huquqiy ong va madaniyatni shakllantirish, unga qarshi murosasiz munosabatda tarbiyalash hamda yoshlarning mazkur illatga qarshi kurashishga keng jalb qilish maqsadida “Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz” mavzusidagi insholar tanlovi e’lon qilinadi.

Insholar tanlovida ta’lim shaklidan qat’i nazar Institut talabalari ishtirok etishi mumkin.

Tanlov joriy yilning 23-noyabr kuni o’tkaziladi.

Insholar quyidagi mezonlar asosida baholanadi:

Inshoning tanlangan mavzu doirasida bayon etilganligi – 25 ball;

Tanqidiy nuqtai nazar mavjudligi va yetarlicha asoslantirilganligi – 30 ball;

Fikrlarning originalligi, boshqa manbalardan ko‘chirilmaganligi – 30 ball;

Uslubiy, grammatik va imloviy xatolardan holiligi – 15 ball.

Hakamlar hay’ati a’zolarining xulosalari asosida eng yuqori ball to’plagan 3 nafar ishtirokchilar final bosqichiga yo’l oladi.

 

 

“Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz” mavzusidagi insholar tanlovini

o‘tkazish to‘g‘risidagi namunaviy

NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

1. Mazkur Nizom o‘quvchilar va talabalar o‘rtasida “Korrupsiyaga qarshi

birgalikda kurashamiz” mavzusidagi insholar tanlovini (keyingi o‘rinlarda –

Tanlov deb yuritiladi) tashkil etish va o‘tkazish tartibini belgilaydi.

2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlar

Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashlari (keyingi o‘rinlarda – Hududiy

kengashlar deb yuritiladi), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya va xalq ta’limi

vazirliklari, viloyatlar va Toshkent shahar adliya hamda xalq ta’limi boshqarmalari

tanlov tashkilotchilari hisoblanadi.

2-bob. Tanlovdan ko‘zlangan maqsad va vazifalar

3. Tanlovni tashkil etishdan asosiy maqsad – o‘quvchilar va yoshlarda

korrupsiyaga qarshi huquqiy ong va madaniyatni shakllantirish, unga qarshi

murosasiz munosabatda tarbiyalash hamda yoshlarning mazkur illatga qarshi

kurashishga keng jalb qilishdan iborat.

4. Tanlovni tashkil etish orqali quyidagi vazifalar bajarilishi ko‘zda tutiladi:

- umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’lim tizimi va oliy ta’lim

muassasalarida korrupsiyaga qarshi ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini

oshirish;

- yoshlarning korrupsiya va uning o‘ziga xos xususiyati, uning oldini olish

masalalari yuzasidan bilim, ko‘nikmalarini oshirish;

- o‘quvchilar va talabalarning “Korrupsiyaga qarshi birgalikda

kurashamiz” mavzusidagi ijodiy ishlarini munosib baholab, ularni taqdirlash.

5. Tanlov quyidagi ketma-ketlikdagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi:

a) Tanlovni o‘tkazish haqida e’lon qilish;

b) Tanlov hakamlar hay’ati tarkibini shakllantirish va tasdiqlash;

f) Tanlov ishtirokchilaridan insholarni qabul qilish;

g) Tanlov hakamlar hay’ati tomonidan g‘oliblarni aniqlash;

j) Tanlov tashkilotchilari tomonidan g‘oliblarni taqdirlash.

3-bob. Hakamlar hay’atini shakllantirish tartibi

6. Tanlovga topshirilgan materiallarni baholash tashkiliy qo‘mita tomonidan

shakllantiriladigan hakamlar hay’ati tomonidan baholanadi.

7. Hakamlar hay’ati kollegial organ hisoblanib, kelishuvga asosan, davlat va

jamoat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari, O‘zbekiston Respublikasi

Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashi vakillaridan kamida 5 nafardan

iborat tarkibda tashkil etiladi.

8. Hakamlar hay’atining tarkibi hududiy kengash raisining tegishli buyrug‘i

bilan tasdiqlanadi.

9. Hakamlar hay’ati ishtirokchilar tomonidan topshirilgan materiallarni

baholash, tanlov jarayonida to‘plangan hujjatlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha ish olib

boradi.

10. Hakamlar hay’ati nomzodlar materiallarini baholash, materiallarni ko‘rib

chiqmasdan qoldirish, g‘oliblarni aniqlash haqida va boshqa qarorlarni qabul

qiladi.

11. Tanlov hakamlar hay’ati a’zolarining kamida uchdan ikki qismi ishtirok

etgan taqdirda qaror qabul qilishga vakolatli hisoblanadi.

4-bob. Tanlovni o‘tkazish tartibi

12. Tanlov hududlar miqyosda ikki bosqichda quyidagi muddatlarda

o‘tkaziladi:

birinchi bosqich: tuman, shahar – 9-20-noyabr (baholash va natijalarni e’lon

qilish – 20-23-noyabr)

ikkinchi bosqich: Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent

shahar bosqichi: – tuman va shahar bosqichida eng yuqori uch o‘ringa ega bo‘lgan

yoshlar ishlari baholanadi hamda tashkil etiladi - 20-30-noyabr.

13. Tanlov ikki guruh kesimida tashkil etiladi:

birinchi guruh: – umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 8–11 sinflari hamda

litsey va professional ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida;

ikkinchi guruh – oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida.

14. Tanlovning 1-bosqichini o‘tkazish tartibi:

1-bosqich. Tanlovning 1-bosqichi tumanlar va shaharlar kesimida birinchi

guruh vakillari ishtirokida ta’lim muassalarining o‘zida tashkil etiladi.

Birinchi bosqichdagi ishlarni baholash uchun har bir tuman, shahar uchun

davlat va jamoat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari, Korrupsiyaga qarshi

kurashish hududiy kengashi vakillari kamida 5 nafardan iborat alohida hakamlar

hay’ati tuziladi.

Ushbu guruhda ishtirokchilarning tanlovda ishtirokini tashkillashtirish va

ta’minlash uchun tuman xalq ta’limi boshqarmalari maktab, litsey va kollejlar

rahbariyati mas’ul hisoblanadi.

15. Tanlovning 2-bosqichi (final)ni o‘tkazish tartibi:

2-bosqich hududiy bosqich hisoblanadi. Unda:

Har bir tuman va shahardan dastlabki uchta o‘rinni olgan birinchi guruh

vakillarining insholari hududiy hakamlar hay’ati tomonidan ko‘rib chiqiladi va

baholanadi;

Ikkinchi guruh vakillari hisoblangan Oliy ta’lim muassasalari talabalari

o‘rtasida insholar yoziladi.

Insholar o‘zbek, qoraqalpoq yoki rus tillarida yozilishi mumkin.

16. Insholar har bir bosqichda mas’ul tashkilotlar tomonidan ishtirokchilarga

manzili haqida oldindan ma’lum qilingan tegishli hududdagi auditoriyada

o‘tkaziladi.

17. Auditoriyaga O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, kodekslari va

qonunlar to‘plamlarini olib kirishga ruxsat etiladi. Mobil aloqa vositalari, noutbuk,

planshet va boshqa texnika vositalarini auditoriyaga olib kirish taqiqlanadi.

Hududiy bosqichda har bir guruhdan birinchi, ikkinchi va uchinchi o‘rin

sohiblari (jami 6 nafar g‘oliblar) tanlovning hududiy hakamlar hay’ati tomonidan

aniqlanadi.

5-bob. G‘oliblarni baholash va taqdirlash tartibi

18. Tanlovda Hay’at tomonidan ishtirokchilarning inshosi quyidagi

baholash mezonlari asosida o‘rganilib, jami 100 ball bilan baholanadi:

Inshoning tanlangan mavzu doirasida bayon etilganligi – 25 ball;

Tanqidiy nuqtai nazar mavjudligi va yetarlicha asoslantirilganligi – 30 ball;

Fikrlarning originalligi, boshqa manbalardan ko‘chirilmaganligi – 30 ball;

Uslubiy, grammatik va imloviy xatolardan holiligi – 15 ball.

19. Tanlov natijalari bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. Bayonnoma barcha

hay’at a’zolari tomonidan imzolanadi.

20. Birinchi bosqich yakunlari bo‘yicha qabul qilingan hay’at qaroridan

norozi bo‘lingan taqdirda, uch ish kuni ichida ikkinchi bosqich bo‘yicha tuzilgan

tegishli hay’atga shikoyat qilinishi mumkin.

21. Hakamlar hay’ati a’zolarining xulosalari asosida Tanlovning final

bosqichi g‘oliblari (1-, 2-, 3-o‘rin) aniqlanadi hamda boshqa ishtirokchilarga

erishgan natijalariga ko‘ra nominatsiyalar belgilanishi mumkin.

22. Tanlovning final bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan

(1-, 2-, 3-o‘rin) yoshlar o‘rnatilgan tartibda I, II, III darajali diplomlar (mas’ul

davlat tashkilotlari va hamkorlarning muhrlari bilan tasdiqlangan holda), bundan

tashqari, homiylar va boshqa mablag’lar hisobiga esdalik sovg‘lari ham

topshirilishi mumkin.

Tegishli nominatsiya bo‘yicha g‘olib bo‘lgan nomzodlar shaxsan xabardor

qilinadi.

23. Tanlov natijalarini e’lon qilish hamda g‘oliblarni taqdirlash, qoida

tariqasida, “9 dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” arafasida

tanlov hay’ati a’zolari, ishtirokchilar, ijodiy jamoatchilik, ommaviy axborot

vositalari vakillari taklif qilingan holda amalga oshiriladi.

Tanlov g‘oliblari va sovrindorlari ommaviy axborot vositalarida e’lon

qilinadi.

6-bob. Yakuniy qoidalar

24. Hay’at kotibi tanlovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishda yagona

ilmiy-uslubiy yondashuvni ta’minlaydi, tanlovni olib borilishi bo‘yicha tegishli

hujjatlarni yuritadi, sinov topshiriqlarini tayyorlaydi.

25. Tanlovning Nizomiga rioya qilmagan shaxslar hakamlar hay’ati qarori

bilan tanlovdan chetlashtiriladi.

26. Tanlovga material taqdim etgan har bir ishtirokchi o‘z materialining

mualliflik huquqi egasi ekanligiga kafolatlashi va uchinchi shaxslarning

intellektual huquqlarini buzmasligini tasdiqlashi shart.

Materiallarda uchinchi shaxslarning intellektual huquqlari ob’ektlaridan

foydalanilgan taqdirda, ishtirokchi mualliflarni ko‘rsatishi va ishtirokchining ushbu

intellektual huquq ob’ektidan foydalanish huquqiga ega ekanligini tasdiqlashi

shart.

Uchinchi shaxslarning intellektual huquqlarini buzganligi uchun tanlov

ishtirokchilari amaldagi qonunchilikka muvofiq javobgar bo‘ladilar.

27. Tanlov ishtirokchilari tomonidan taqdim etilgan materiallar uchinchi

tomonlarning intellektual huquqlarini buzgan bo‘lsa, ushbu holat yuzasidan tanlov

tashkilotchilari javobgar hisoblanmaydi.

28. Nomzodlar tomonidan tanlovda ishtirok etish uchun taqdim etilgan

materiallar bo‘yicha izoh yoki sharh berilmaydi va ular egalariga qaytarilmaydi.

29. Tanlovni o‘tkazish va uning g‘oliblarini taqdirlash bilan bog‘liq barcha

xarajatlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va tuman (shahar)lar budjet va

budjetdan tashqari mablag‘lari hamda homiylik manbalaridan qoplanadi.

30. Tanlov ishtirokchilarining tanlovlarda hamda taqdirlash marosimida

ishtirok etish bilan bog‘liq xarajatlari ularning o‘z mablag‘lari hisobidan amalga

oshiriladi.

 

“Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz” mavzusidagi insholar

tanlovini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha

HAKAMLAR HAY’ATI


































T/r FISh Lavozimi
1. R.Navro’zov Korrupsiyaga qarshi kurash “Komplayens

nazorat” tizimini boshqarish bo’limi bosh

mutaxassisi
2. B.Shamsuddinov      Institut Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti yetakchisi
3. L.Jo’rayeva Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat

bo’limi mutaxassisi
4. S.Kenjayev Ijtimoiy fanlar fakulteti o'qituvchisi
5. G’.Abdullayev Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot

faoliyatini tashkil etish bo’limi boshlig’i