Corporate Logo Corporate Logo

Ishonch telefoni: 0 (365) 226-10-97'

o'zb | рус| eng
buxdu-Buxoro davlat universiteti
O`quv ishlari bo`yicha prorektor

Erkin Mustafoyevich Muxtorov

Murojaat uchun

O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor lavozim vazifalari:

O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari va farmoyishlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlarini amalga oshirishni tashkil etish;
Davlat ta’lim standartlari asosida ta’lim jarayonini tashkil etish va malakali kadrlar tayyorlashni ta’minlash;
Davlat ta’lim standartlariga muvofiq bilimlar mazmuni va tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan talablar majmuasini barcha dekanlar, kafedra mudirlari va pedagog o‘qituvchilarning to‘liq bilishini ta’minlash;
Mutasaddi yuqori tashkilotlarning buyruqlarini, farmoyishlari va ko‘rsatmalarini, o‘quv jarayonlariga oid masalalar bo‘yicha OTMsi Ilmiy kengashi qarorlari va rektor buyruqlarining bajarilishini tashkil qilish;
Ilg‘or mamlakatlar ta’lim tizimining rivojlanish tendensiyalarini o‘rganish, “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va boshqa ta’limga oid qonunlar ko‘rsatilgan vazifalarni amalga oshirish borasidagi uslub va vositalarni ishlab chiqish va ularning amalga oshirilishini ta’minlash;
O‘quv-tarbiya jarayonida o‘qitishning ilg‘or shakllarini, shu jumladan masofadan turib o‘qitish, yangi pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish;
Uzluksiz ta’lim tizimi uchun yangi avlod o‘quv adabiyoti yaratish konsepsiyasi talablariga muvofiq darsliklar va o‘quv-metodik adabiyotlar yaratilishi, tarjima qilinishini tashkil etish;
O‘quv rejalarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash; darsliklar, o‘quv qo‘llanmalarni tayyorlash bo‘yicha ishlarni tashkil etish;
Pedagog kadrlar va mutaxassislar tayyorlash, ularni qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish;
Barcha ta’lim yo‘nalishlarini o‘quv reja va dasturlari bilan ta’minlash;
O‘quv-uslubiy kengashga rahbarlik qilish, o‘quv jarayonini ta’minlaydigan bo‘limlar, dekanatlar ishlarini muvofiqlashtirish, tashkil etish va nazorat qilish;
O‘quv uslubiy bo‘limlar, fakultet va kafedralar ish rejalarini tasdiqlash va ularning bajarilishini nazorat qilish;
Talabalarning o‘quv va ishlab chiqarish amaliyotini, shuningdek, darslik, o‘quv-uslubiy majmualar ta’minoti bo‘yicha nashriyot ishlarini tashkil etish;
O‘tilayotgan darslarning sifatini oshirish, professor-o‘qituvchilarning shaxsiy rejalari bajarilishini nazorat qilish va ta’minlash;
O‘quv va uslubiy konferensiyalarni tashkil etish, OTMsi uslubiy kengashi va pedagogik mahoratni oshirish ishlariga rahbarlik qilish, ilg‘or uslubiy tajribalarni umumlashtirish;
Talabalarni Respublika va xalqaro miqyosdagi olimpiada tanlovlariga maqsadli tayyorlash, olimpiada natijalarini tahlil qilish, Prezident va davlat stipendiyalariga tayyorlash ishlarini uzluksiz shaklda tashkil etish va boshqarish;
Ustoz-shogird an’analari asosida ta’lim jarayonlarini tashkil etish va boshqarish, talabalar bilimini baholashning zamonaviy reyting tizimlarini tatbiq etish, ularning bilimlarini ob’ektiv baholashni tashkil etish;
Fanlarni o‘zlashtira olmayotgan talabalarni OTMsidan chetlashtirish, uzrli sabablar bilan o‘qishdan chetlashtirilganlarni qayta tiklash, talabalarni kursdan kursga o‘tkazish, stipendiya tayinlash ishlarini nazorat va tashkil etish;
O‘quv mashg‘ulotlari jadvalini tuzish, tasdiqlash va bajarilishini nazorat etish, kafedralarga o‘quv yuklamalarini taqsimlashni tashkil etish, yillik hisobotlarni tahlil qilish va o‘quv jarayonini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
Talabalar mustaqil ta’lim olishlari uchun zamonaviy usul va vositalarni tatbiq etish, kerakli sharoitni barpo etish;
Professor-o‘qituvchilar va o‘quv ishiga yordamlashuvchi xodimlar shtatlari bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish, kafedralar, bo‘limlarni malakali kadrlar bilan ta’minlash ishlarini tashkil etish;
Bo‘sh lavozimlarga tanlov asosida ishga qabul qilish, stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchi-izlanuvchilar va magistrlarni ishga olib qolish bo‘yicha takliflar tayyorlash, professor-o‘qituvchilar tarkibini yaxshilash va malakasini oshirish rejalarini ishlab chiqish va amalga oshirishga rahbarlik qilish;
O‘quv xonalaridan unumli foydalanish, auditoriya va laboratoriyalarni texnik jihozlashni takomillashtirish masalalarini ishlab chiqish;
Birinchi kursga talabalikka qabul qilish ishlarini tashkil qilish, dekanlarning talabalarni o‘qishdan chetlashtirish, akademik ta’til berish to‘g‘risidagi takliflarini ko‘rib chiqish;
Talabalar amaliyotlarini tashkil etish va shu maqsadda korxona va tashkilotlarning rahbarlari bilan doimiy aloqa o‘rnatish, o‘quv ishlarining ishlab chiqarish korxonalari bilan integratsiyasini tashkil etish;
O‘quv-uslubiy hisobotlarni belgilangan shakllarda rektoratga taqdim etishni ta’minlash, maxsus sirtqi bo‘lim talabalari uchun davlat andozasi asosida o‘quv rejalarini tayyorlash va tegishli tartibda tasdiqlash, qayta ko‘rib chiqish, takomillashtirish;
Fakultetlarda o‘quv-uslubiy majmualar ta’minotini tashkil etish, boshqarish, o‘quv jarayonlarini samarali va sifatli tashkil etish, mutasaddi kafedralar faoliyatini nazorat etish;
O‘quv intizomini buzgan pedagoglarga nisbatan chora ko‘rish, ular bilan shartnomani bekor qilish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
Ta’lim mazmunini takomillashtirish, mutaxassis-kadrlarni xalqaro talablar asosida tayyorlashni ta’minlash maqsadida xorij mamlakatlarning turdosh oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda fakultet, kafedralar tashkil etish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
Kafedralar va fakultetlarning yillik faoliyati hisobotlarini o‘tkazish, tahlil qilish va xulosalar chiqarish, professor-o‘qituvchilarning o‘quv-uslubiy faoliyatini zamonaviy usullarda baholashni amalga oshirish;
Oliy ta’lim muassasalari bilan o‘quv-uslubiy yo‘nalishda doimiy hamkorlikni amalga oshirish, konferensiya, seminarlarda professor-o‘qituvchilarning faol ishtirokini ta’minlash, mahalliy hokimiyatlar bilan hamkorlikda ishlash;
O‘rnatilgan tartibda oliy ta’lim muassasasining yillik reytingini aniqlash, tahlil qilish, faoliyatni takomillashtirishga oid ishlarni amalga oshirish;
Oliy ta’lim muassasasini o‘rnatilgan tartibda doimiy ichki attestatsiyadan o‘tkazish, tashqi attestatsiyaga tayyorlash va o‘tkazishda faol ishtirok etish.