Corporate Logo Corporate Logo

Ishonch telefoni: 0 (365) 226-10-97'

o'zb | рус| eng
buxdu-Buxoro davlat universiteti
O`quv uslubiy bo`lim boshlig`i

ERGASHOV MANSUR YARASHOVICH

Murojaat uchun

-Bo`limning barcha faoliyati va xodimlarini umumiy boshqarish;

-bo`limning ish rejalarini tuzish va ularning ijrosini ta’minlash;

-bo`lim maqsadidan kelib chiqib, ta’lim muassasasida mutasaddi bo`lgan bo`g`inlar faoliyatini muvofiqlashtirish;

-O`zbekiston Respublikasining ta’limga oid Qonunlari, Prezident Farmonlari, Farmoyishlari, Qarorlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligining Hay’at Qarorlari, buyruqlari, yo`riq xat, modemogramma va telefonogrammalarini, shuningdek, rektor buyruqlarining fakultetlar, kafedralar, bo`limlarda bajarilishini ta’minlash va monitoringini olib borish;

-O`zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumati tomonidan qabul qilingan farmon va qarorlar mazmunini talabalarga etkazib borish;

-o`quv muassasasi bilan korxona, tashkilot, xususiy korxona va firmalar o`rtasida yo`nalish bo`yicha manfaatli hamkorlik shartnomalarini tuzish va ularni amalga oshirib borish;

-o`quv rejalari va dasturlarini takomillashtirish borasidagi ishlarni tashkil etish;

-zamonaviy baholash usullari orqali talabalarning bilim va malaka darajalarini nazorat qilishni tashkil etig. Mazkur nazorat natijalari asosida o`quv tematik rejalarga aniqlik kiritish, talabalar bilan individual ishlash shakllarini aniqlash;

-OTM professor-o`qituvchilar tarkibi tomonidan o`quv rejalari va yuklamalarning bajarilishini nazorat qilish;

zamonaviy va ilg`or tajribalarni o`rganish va umumlashtirish;

-fakultetlarda o`quv jarayonining tashkil qilinishini o`rganish, nazorat natijalari bo`yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida fakultet rahbariyatiga tegishli ko`rsatmalar berish;

-yosh o`qituvchilarning malaka va tajriba orttirishini tashkil qilish;

-professor-o`qituvchilar tarkibi haqidagi ma’lumotlar bankini tashkil qilish;

-OTM professor-o`qituvchilarining malaka oshirishini tashkil qilish borasidagi rejalarning bajarilishini nazorat qilish;

-mutaxassislar tayyorlash bo`limi bilan birgalikda OTM bitiruvchilarini ish bilan ta’minlash taqsimotida qatnashish;

-O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi tasdiqlagan qoida asosida talabalarning pedagogik va ishlab chiqarish amaliyotini umumiy tarzda boshqarish va amaliyot rejalarining bajarilishini nazorat qilish;

-OTM qabul hay’ati ishida ishtirok etib, OTMga qabul haqidagi axborotni shakllantirish va qabul natijalarini umumlashtirish;

-fakultetlar va kafedralar ish faoliyatini o`rganish, natijalarini umumlashtirish, kafedralar faoliyati maqsadga muvofiqligi va yangi kafedralar ochish haqidagi takliflarni kiritish;

-fakultetlar, kafedralarning yillik hisobotlarini qabul qilib olish.

O`quv-uslubiy bo`limi xodimlarining vazifalari:

-fakultet dekanatlari va kafedralar tomonidan o`quv-uslubiy ishlarining, o`quv, namunaviy rejalarning bajarilishini nazorat qilish;

-maxsus kurslar va seminarlar dasturlari, uslubiy qo`llanmalar, nazorat ishlari va boshqa o`quv-uslubiy ishlarining tuzilishini nazorat qilish;

-fakultetlarda professor-o`qituvchilar tomonidan o`quv mashg`ulotlarining o`tkazilishini aks ettiruvchi qaydnomalarni, talabalar guruh jurnallari va o`quv varaqalarini muntazam ravishda tekshirib borish;

-fakultetlar talabalari uchun nazorat ishi, kurs ishi, kurs loyihasi topshiriqlarining belgilangan tartibda, o`z vaqtida olinishini nazorat qilish;

-bitiruvchi talabalar bitiruv malakaviy ishi bo`yicha maslahat beruvchi uslubiy qo`llanmalarning kafedralarda foydalanishini tashkil qilish;

-fakultetlar va kafedralardagi o`quv-uslubiy ahvol to`g`risida o`quv bo`limi boshlig`iga axborot berib turish.

O`quv-uslubiy boshqarma dispetcherining lavozim vazifalari:

-o`quv rejalariga asosan dars jadvali tuzish;

-OTMda o`tiladigan darslarni nazorat qilish;

davomatni tekshirish;

-shahar va viloyat mehnat birjalari bilan aloqa o`rnatib, sirtdan o`qiyotgan talabalarning o`z mutaxassisliklari bo`yicha ishga joylashishlarida amaliy yordam ko`rsatish;

-talabalarning fanlardan olgan baholarini har semestrda semestr qaydnomalariga o`tkazilishini tahlil qilib borish;

-professor-o`qituvchilar tomonidan o`quv mashg`ulotlarini aks ettiruvchi qaydnomalarni, talabalar guruh jurnallari va o`quv varaqalarini muntazam ravishda tekshirib borish;

-yangi qabul qilingan 1-kurs talabalariga reyting daftarchalari, talabalik biletlari tayyorlab berish va ularni OTM strukturasi bilan tanishtirishni tashkil qilish;

-yarim yillik va yillik hisobotlar uchun ma’lumotlar berilishini nazorat qilish.

O`quv-uslubiy boshqarma statistining lavozim vazifalari:

-dekanlar va kafedralar tomonidan o`quv-metodik ishlarning bajarilishi, o`quv, namunaviy rejalar, maxsus kurslar va seminar dasturlari, uslubiy qo`llanmalar, nazorat ishlari va boshqa o`quv-uslubiy ishlarning tuzilishini nazorat qilish;

-kafedralarning ish hajmi, o`quv, o`quv-uslubiy va tarbiyaviy ishlari rejalarini yig`ish, o`qituvchilarning semestrlar bo`yicha yuklamalarining bajarilishini hisoblash;

-kafedralar tomonidan ish hajmining to`g`ri tuzilishi va soatbay haq to`lanadigan professor-o`qituvchilarning mehnat me’yorlarining o`rnatilishini nazorat qilish;

-o`rindosh o`qituvchilar ishi haqida hisobot tayyorlash;

-soatbay haq to`lanadigan o`qituvchilarni ishga qabul qilish va ularga bajarilgan ish uchun haq to`lash hujjatlarini rasmiylashtirish;

-soatbay haq to`lash fondining sarfini hisobga olib borish.

Bo`lim manzili: Buxoro shahar, Muhammad Iqbol ko`chasi, 1-uy, 1-bino, 2-qavat.