Iqtidorli talabalar bilan davra suhbati o‘tkazildi

Iqtidorli talabalar bilan davra suhbati o‘tkazildi
Buxoro davlat pedagogika institutida “Davlat stipendiyasi sovrindori bo‘lish sirlari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Uchrashuvda Iqtidorli talabalarni ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i G'iyos Abdulloyev, tyutorlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi.
Davra suhbati davomida yurtimizning nufuzli davlat stipendiyalarini qo‘lga kiritgan Institutning iqtidorli talabalar o‘zlarining tajribalari, fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashishdi.
Uchrashuv yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi. Bu kabi foydali va yoshlarni yangi marralar sari undaydigan uchrashuvlarni muntazam o‘tkazib turish kerakligi ta’kidlandi.
Institutimiz olimlarining safi kengayaversin
Ogohlik – davr talabi!
RASMIY MUNOSABAT