Sayt test rejimida ishlamoqda
Batafsil

RASMIY MUNOSABAT

  • 24-Yanvar, 2023-yil

Telegram ijtimoiy tarmog‘idagi “Потребитель Бухара плюс” kanalida 2023-yil 23-yanvar kuni e’lon qilingan Buxoro davlat pedagogika instituti o‘quv xonalarida harorat pastligi to‘g‘risidagi xabarga RASMIY MUNOSABAT.

Oliy ta’lim muassasalarida 23-yanvardan an’anaviy tarzda o‘quv jarayoni davom ettirilishi munosabati bilan Buxoro davlat pedagogika institutining barcha o‘quv binolaridagi lokal qozonxonalar 22-yanvar kunidan ishga tushirildi.  Dushanba kunining birinchi yarmida institutning Q.Murtazoyev ko‘chasi 16-uy manzilida joylashgan  B-o‘quv blokida qozonxona ishini to‘la quvvatga chiqarish va texnologik maromga keltirish, issiqlik tizimi orqali barcha qavatlardagi isitish batareyalariga quvvat yetkazish jarayonida muammolar yuzaga keldi. Natijada B-o‘quv blokidagi ayrim auditoriyalarda haroratning me’yordan past bo‘lishi kuzatildi.  Institut rahbariyati tomonidan zarur kuch va vositalarning ishga solinishi natijasida kunning ikkinchi yarmiga kelib issiqlik ta’minoti to‘liq tiklandi. Hozirgi vaqtda barcha o‘quv binolari va talabalar turar joyi issiqlik bilan me’yorida ta’minlangan.

Institut ma’muriyati yuzaga kelgan noqulaylik uchun uzr so‘raydi va bu kabi holatlarning oldini olish choralarini ko‘radi.

Buxoro davlat pedagogika instituti Matbuot xizmati