Sayt test rejimida ishlamoqda
Batafsil

“Nazoratlar oyligi”ni adolatli va shaffof o‘tkazish: talabalarning fikri inobatga olinmoqda

  • 25-Yanvar, 2023-yil

Buxoro davlat pedagogika institutining Korrupsiyaga qarshi kurash “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan rejaga muvofiq kuzgi semestr davomida fan dasturining tegishli bo‘limi tugagandan keyin tashkil qilinadigan talabalar bilimining baholanishini oraliq va yakuniy nazorat turlarini o‘tkazish orqali amalga oshirish jarayoniga nisbatan talabalarning fikri o‘rganildi.

Bunda, bo‘lim xodimlari tomonidan 100 ga yaqin talabalardan o‘quv mashg‘ulotlarining o‘tkazilish sifati, pedagog xodimlarning bilim, saviya, malaka darajasi, muomala madaniyati, oraliq va yakuniy nazoratlarni olishda ochiqlik va shaffoflikning ta’minlanganligi, talabalarning bilim olishini umuman nazorat qilmasdan va aniqlamasdan adolatsiz ijobiy baholanish holati hamda boshqa o‘quv jarayoni bilan bog‘liq munosabatlar bo‘yicha takliflari yig‘ildi.

Mazkur takliflarni yig‘ish anketa so‘rovnomasi uchun savollar tuzish ko‘rinishida tashki qilingan bo‘lib, keyinchalik takliflar umumlashtirilib o‘rganib chiqilgach, mos takliflar kuzgi semestr yakunlari bo‘yicha fevral oyida o‘tkaziladigan “O’qituvchi talaba nigohida” ijtimoiy so‘rovnomasining anketa strukturasiga savol tarzida kiritiladi.

“Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo’limi Axborot xizmati