Ogohlik – davr talabi!

Ogohlik – davr talabi!
Bugun Buxoro davlat pedagogika institutida payshanba kuni “Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” munosabati bilan huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikni oldini olish hamda talabalarning ogohlik va hushyorligini oshirish maqsadida “Jinoyatchilik va huquqbuzarliklarga qarshi birgalikda kurashamiz” mavzusida profilaktik davra suhbati tashkil etildi.
Mazkur davra suhbatida, Buxoro viloyat IIB TQX JQB UMIB TV podpolkovnik Sh.U. Ostonov, Buxoro Shahar IIO FMB VYMB katta Inspektor psixolog podpolkovnik N.S.Abzalova, Buxoro Shahar IIO FMB 1 son IIB HPB profilaktika inspektori kapitan F.F.Aslanov, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i S. Rajabov, dekan muovinlar hamda tyutorlari va talaba-yoshlar ishtirok etishdi.
Ma’ruzachilar tomonidan bugungi kunda yoshlar tomonidan sodir etilayotgan huquqbuzarliklar va jinoyatlarni turlari, shuningdek, har qanday huquqbuzarliklar va jinoiy xatti-harakatlar sodir etganlik uchun yoshidan va ijtimoiy kelib chiqishidan qat’iy nazar, O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslarning tegishli moddalari bilan qonuniy javobgarlik belgilanganligi haqida ma’lumotlar berildi.
Davra suhbati so‘ngida talaba-yoshlar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan javoblar berildi.