Institutimiz olimlarining safi kengayaversin

Institutimiz olimlarining safi kengayaversin
Abdullayev Mehriddin Junaydulloyevich – Buxoro davlat pedagogika instituti Jismoniy madaniyat fakulteti dekani, pedagogika fanlari doktori (DSc) dissertatsiya ishini 100% ovoz bilan muvaffaqqiyatli himoya qildi.
13.00.04 – Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha “Ta’lim tizimida yengil atletika bo‘yicha to‘garak mashg‘ulotlarini tashkil qilishning ilmiy – pedagogik asoslari (umumta’lim maktablari misolida)” mavzusidagi pedagogika fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasining himoyasi O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.Ped.28.01 raqamli Ilmiy kengashning 2023-yil 25-yanvar kuni soat 10:00 dagi majlisida kengash aʼzolarining bergan ovozlari natijasiga koʻra, dissertatsiya ishi 100 foiz maʼqullandi va Abdullayev Mehriddin Junaydulloyevich pedagogika fanlari doktori (DSc) darajasi berish uchun loyiq deb topildi.
Institutimiz jamoasi nomidan Abdullayev Mehriddin Junaydulloyevichni ushbu ilmiy zafar bilan qutlaymiz hamda mustahkam sog’lik, farovonlik, ilm yo'lida yanada yuksak muvaffaqiyatlar tilaymiz!
“Har kuning Navro‘z bo‘lsin, jonajon O‘zbekistonim”
Har kuning Navro'z bo'lsin, jonajon O'zbekistonim.
Navro`z sayli
Buxoro davlat pedagogika institutida Navro`z sayli