Mo‘ynoqda “Buxoro davlat pedagogika instituti talaba-yoshlar bog‘i” barpo etildi

Buxoro davlat pedagogika institutining ko‘ngilli xodim va 100 nafar talaba-yoshlaridan iborat jamoasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mo‘ynoq tumanida “Yashil makon” ummummilliy loyihasi doirasida bog‘ yaratish maqsadida tashrif buyurishdi.
Mo‘ynoqda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida hududning iqlimiga mos keladigan 3 ming tup ko‘chatlar — qayrag‘och, jiyda, saksovul ko‘chati va urug‘i, qandim, cherkes ko‘chatlari ekildi.