Corporate Logo Corporate Logo

Ishonch telefoni: 0 (365) 226-10-97'

o'zb | рус| eng
Batafsil

Pedagogik faoliyatning normativ huquqiy asosi amalda

  • 5-Fevral, 2024-yil 14:42
Blog Image

 “Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi qonun loyihasiga munosabat

       O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1 oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuniga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasida ilgari surilgan o‘qituvchi va muallimlarning jamiyatdagi nufuzi va mavqeini oshirish kerakligini ta’kidlagandi. Davlat rahbarining shu tashabbusi ijrosi sifatida Adliya vazirligi tomonidan Xalq ta’limi vazirligi va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda “Pedagog xodimning maqomi to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ishlab chiqildi.U uzoq muhokamalardan so‘ng muhtaram yurtboshimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev 2024 yil 1-fevralda 21 moddadan iborat “Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi qonunni imzoladilar.Ushbu hujjat matni qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasiga joylandi.Yangi qonunda pedagoglarning huquqlari, majburiyatlari, faoliyatining asosiy kafolatlari, mehnatiga yarasha haq to‘lash, rag‘batlantirish va ijtimoiy himoya qilish tamoyillari belgilandi.Bu muhim hujjatda pedagogning huquqlari, sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘si davlat himoyasi ostida bo‘lishi qat’iy belgilab qo‘yildi.Eng avvalo pedagog xodim deganda ta’lim tashkilotlarida (bog‘cha, umumta’lim maktabi, akademik litsey, kasb-hunar maktabi, kollej, texnikum, oliy va undan keyingi ta’lim muassasalari, malaka oshirish va qayta tayyorlash muassasalari) pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslar tushuniladi.Pedagog xodimlarni ijtimoiy, huquqiy va moddiy qo‘llab-quvvatlash va ularga zarur shart-sharoit yaratish ta’lim va tarbiya jarayonining sifatini oshishida alohida ahamiyatga ega.Rivojlangan xorijiy davlatlarda ham pedagog xodimning huquqiy maqomi va ijtimoiy himoyasi qonun darajasida belgilangan.Mazkur yangi qonunga ko‘ra:

-         pedagogni kasbiy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarga, shu jumladan, hududlarni obodonlashtirishga va qishloq xo‘jaligi ishlariga jalb qilish taqiqlanadi;

-         pedagogdan uning kasbiy majburiyatlariga taalluqli bo‘lmagan hisobotlarni va boshqa ma’lumotlarni, jumladan, bitiruvchilarning bandligi ta’minlangani haqidagi hisobotlarni shakllantirishini va taqdim etishini talab qilish man etiladi;

-         yangi qonunga ko‘ra, quyidagi shaxslarning pedagogik faoliyat bilan   shug‘ullanishiga yo‘l qo‘yilmaydi;

-         qonuniy kuchga kirgan sud hukmiga muvofiq pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum etilgan shaxslar;

-         qonunchilikda belgilangan tartibda sud tomonidan muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxslar;

-         pedagogik faoliyatni amalga oshirishga to‘sqinlik qiladigan kasalliklari bo‘lgan shaxslar;

-         psixiatriya yoki narkologiya muassasalarida hisobda turgan shaxslar;

-         qasddan sodir etilgan jinoyat uchun ilgari sudlangan shaxslarni pedagogik faoliyat bilan bog‘liq lavozimlarga qabul qilish man etiladi;

      Qonun bilan, umumiy o‘rta ta’lim tashkilotida ilk bor kasbiy faoliyatini boshlayotgan shaxsga bir o‘quv yili davriga murabbiylikni amalga oshirish uchun tajribali pedagog biriktiriladi.Pedagog xodimlar - kasbiy faoliyatini amalga oshirish davomida o‘z sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘sini himoya qilish bilan bog‘liq ishlar yuzasidan Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarda davlat bojini to‘lashdan ozod qilinadi.So‘nggi yillarda pedagog xodimlarning ish haqi miqdorlari bir necha marta oshirilgani, alohida ustama haqlar joriy etilishi va ta’lim standartlari talablariga muvofiq pedagoglarning ish yuklamalari maqbullashtirilganini aytib o‘tish joiz. Yuqorida qayd etilganidek, yangi qabul qilingan qonun bilan pedagoglarning huquqlari, majburiyatlari, faoliyatining asosiy kafolatlari, mehnatiga yarasha haq to‘lash, rag‘batlantirish va ijtimoiy himoya qilish tamoyillari belgilanmoqda.Mazkur qonun asosida  pedagoglarning o‘z kasbiy faoliyatini yuritishi uchun tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlar yaratiladi. Ularning ijtimoiy himoyasi ta’minlanadi va mamlakatimizda pedagogning maqomi tan olinadi.Muxtasar qilib aytganda yangi qabul qilingan qonun o‘qituvchi va muallimlarning jamiyatdagi nufuzi va mavqeini oshirishga xizmat qiladi.

Rajabov Alisher Shavkatovich

Buxoro davlat pedagogika instituti Ijtimoiy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi, falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).