Corporate Logo Corporate Logo

Ishonch telefoni: 0 (365) 226-10-97'

o'zb | рус| eng
Batafsil

Pedagogika ta'limiga oid qimmatbaho qoʻllanmalar Buxoro davlat pedagogika instituti kutubxonasidan joy oldi

  • 15-Fevral, 2024-yil 22:33
Blog Image

Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti direktori, akademik Xolboy Ibragimov tomonidan Buxoro davlat pedagogika instituti Axborot-resurs markaziga Pedagogika ta'limiga oid kitoblar sovg'a qilindi.

Shu bilan birga, Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti direktori, akademik Xolboy Ibragimov hamda mazkur institut bo‘lim boshlig‘i, akademik Risboy Jo‘rayev Buxoro davlat pedagogika instituti rektori Bahodir Ma'murov boshchiligida oliygoh kutubxonasi bilan tanishishdi. 

Mehmonlar tashrif davomida institut talabalari tomonidan tayyorlangan Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga bagʻishlangan dasturdan bahramand boʻlishdi.