Corporate Logo Corporate Logo

Ishonch telefoni: 0 (365) 226-10-97'

o'zb | рус| eng
Batafsil

Rektor oldi yig‘ilishi bo'lib o'tdi

  • 19-Fevral, 2024-yil 20:29
Blog Image


Bugun Buxoro davlat pedagogika institutida oliygoh fakultetlari dekanlari, boʻlim boshliqlari va rahbar xodimlar ishtirokida rektor oldi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Yigʻilish davomida institut xodimlar tomonidan ijro intizomiga rioya etilishi holati hamda fuqarolarning murojaatlari natijalari, institutda ta’lim jarayonlarining borishi hamda ta’lim sifatini oshirish yoʻnalishida amalga oshirilayotgan ishlar, talabalar orasida ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni tizimli va samarali tashkil etish hamda keyingi kunlarda havo haroratining pasayib ketishi va institut binolarida doimiy moʻtadil haroratni saqlash borasida amalga oshirilgan ishlar hamda fakultetlarda talabalar tomonidan shartnoma to‘lovlarining to‘lanishi holati to‘g‘risida (fakultetlar kesimida foiz ko‘rsatkichlari bo‘yicha) hisobotlar tinglanib, kelgusi jarayonlarni samarali tashkil etish boʻyicha taklif va mulohazalar muhokama qilinib, rejalar tuzib olindi.