Corporate Logo Corporate Logo

Ishonch telefoni: 0 (365) 226-10-97'

o'zb | рус| eng
Batafsil

Mamlakat kelajagi – yoshlar qoʻlida

  • 19-Iyun, 2024-yil 11:44
Blog Image

Mamlakatimizning kelajagi boʻlmish yoshlarimizni har tomonlama yetuk, bilimli, salohiyatli shaxs, komil inson sifatida tarbiyalash masalasiga bugungi kunlarda ham oʻziga xos tarzda, zamonaviy usullar asosida yondashilmoqda, ularning barcha huquq va erkinliklari, imkoniyat va manfaatlarini himoya qilishda tashkiliy-huquqiy asoslar zamon bilan hamnafas takomillashib bormoqda. Zero, masofaviy taʼlim, onlayn rejimida uzluksiz tashkil etilgan holda yoshlarning bilim olish huquqini taʼlimda taʼminlaganining oʻzi Oʻzbekistonning bugun yoshlarga berayotgan taʼlim-tarbiya va koʻrsatilayotgan gʻamxoʻrlik, eʼtiborning amaliy ifodasidir.

                                                                                            Shavkat Mirziyoyev Mamlakatimiz taraqqiyoti har tomonlama rivojlanib kelayotgan navqiron avlodning taʼlim-tarbiyasi, maʼnaviyati va madaniyati bilan chambarchas bogʻliq. Yurtimizda yoshlarga qaratilayotgan eʼtibor, gʻamxoʻrlik mamlakatimizda olib borilayotgan siyosatning eng ustuvor yoʻnalishidir. Har bir sohada qoʻlga kiritilayotgan marralar, yutuqlar ana shu gʻamxoʻrlik va qoʻllab-quvvatlashning yorqin ifodasi oʻlaroq yuzaga chiqadi. Vatan taqdiriga daxldor ekanligini his qilib yashash va berilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanish har bir Oʻzbekiston farzandining eng oliy va muqaddas burchi. Mamlakatimiz taraqqiyoti har tomonlama oʻsib-oʻqib kelayotgan navqiron avlodning taʼlim tarbiyasi, maʼnaviyati va madaniyati bilan chambarchas bogʻliq. Yurtimizda yoshlarga qaratilayotgan eʼtibor, gʻamxoʻrlik mamlakatimizda olib borilayotgan siyosatning eng ustuvor yoʻnalishidir. Har bir sohada qoʻlga kiritilayotgan marralar, yutuqlar ana shu gʻamxoʻrlik va qoʻllab-quvvatlashning yorqin ifodasidir. Vatan taqdiriga daxldor ekanligini his qilib yashash va berilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanish har bir Oʻzbekiston farzandining muqaddas burchidir. Yoshlar - har bir yurt va millatning boyligi, buyuk salohiyati hamda kuch-qudrati manbaidir. Yoshlar - har qanday jamiyatning ertasi. Ular tom ma'noda, O'zbekistonning eng katta boyligi, bebaho xazinasi hisoblanadi. Mamlakatimizda yoshlar masalasi davlat siyosati darajasiga ko'tarilib, ularni yuksak  ma'naviyatli, zukko, bilimdon, yurt  taqdirini o'z zimmasiga olishga qodir avlod sifatida voyaga yetkazish uchun zarur  shart-sharoitlar muhayyo qilingan. Bundan oqilona foydalanayotgan ertamiz egalari yoshlarimiz o'z  iste'dod va salohiyatini to'la  namoyon etib, hamma sohada  yuksak natijalarni qo'lga kiritishmoqda.

Bu borada bugungi kunda kutubxona sohasida ham yoshlar o‘rtasida  kitobxonlikni rivojlantirish maqsadida har bir oila, har bir mahallada yoshlarimiz ta'lim-tarbiyasiga eng asosiy vazifa sifatida qaralmoqda. Prezidentimiz tomonidan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ma’nan yetuk, jismonan sog‘lom, vatanparvar va fidoyi yosh avlodni tarbiyalash, shuningdek, aholi salomatligini mustahkamlashga qaratilgan e’tiborning yana bir amaliy ifodasir. Prezidentimiz o‘z Murojaatnomalarida “Biz o‘z oldimizga mamlakatimizda Uchinchi Renessans poydevorini barpo etishdek ulug‘ maqsadni qo‘ygan ekanmiz, buning uchun yangi Xorazmiylar, Beruniylar, Ibn Sinolar, Mirzo Ulug‘beklar, Navoiy va Boburlarni tarbiyalab beradigan muhit va sharoitlarni yaratishimiz kerak. Bunda, avvalo, ta’lim va tarbiyani rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, ilm-fan va innovatsiyalarni taraqqiy ettirish milliy g‘oyamizning asosiy ustunlari bo‘lib, xizmat qilishi lozim” deya alohida ta’kidladilar. Darhaqiqat, bu barchaga katta mas’uliyat yuklaydiki, buning uchun o‘z oldiga qo‘ygan katta marralarni zabt etishi uchun yoshlarga keng imkoniyatlar yaratish va har tomonlama ko‘mak berish zarur. Bu esa o‘z navbatida, farzandlarimizni barkamol yetuk inson bo‘lib yetishishlarida katta rol o‘ynaydi.

Fayziyev Feruz Farhod o‘g‘li Buxoro davlat pedagogika institut matbuot kotibi

Maktablarda kompyuter savodxonligi kursi MKSK

Batafsil