Buxoro viloyatida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha viloyat Oila va xotin-qizlar huzuridagi “Oqila ayollar harakati” hamkorligida amalga oshirilgan ishlar borasida Buxoro davlat pedagogika institutida tadbir tashkil qilindi.
Bugungi kunda viloyatimizning qariyb 2 mln 440 ming aholisidan 1 mln 190 nafarini (50 %) ni xotin-qizlar tashkil etmoqda. Ularning 39 ming 910 nafari iqtisodiy faol xotin qizlardir.
1. Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha 5 marotaba sud jarayonlarida oila va xotin-qizlar bo‘limi hamda “Oqila ayollar harakati” vakillarining ishtiroki ta’minlandi.
Mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotida ularning roli va faolligini oshirish bo‘yicha 260 nafar xotin-qizlar zaxira kadrlar nomzodligiga olindi.
Ular orasidan rahbarlik lavozimlariga munosib, kuchli bilim va salohiyatga ega 8 nafar xotin-qizlar Davlat boshqaruvi Akademiyasida tashkil etilgan “Rahbar ayollar maktabi” da malaka oshirib qaytishdi. Mazkur nomzodlarning barchasi bugungi kunda rahbarlik lavozimlarida mehnat qilib kelishmoqda. Jumladan; Niderlandiyaning Eyndxoven shahrida bo‘lib o‘tgan Informatika bo‘yicha Yevropa qizlar olimpiadasida mamlakatimiz sharafini munosib tarzda himoya qilingan Buxorolik o‘quvchi Zarnigor Raximova bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Ota-onasi yoki ularning biridan ayrilgan muhtoj qizlar va boquvchisi yo‘q yolg‘iz 150 nafar xotin-qizlarga kontrakt to‘lovi to‘lab berildi.
2024-yilda rahbar ayollar ulushini 30 %, oliy ta’limda qizlar ulushini 50% ko‘tariladi, 150 nafar qizlarni kontrant to‘lovlari to‘lab beriladi.
2. Reproduktiv salomatlikni yaxshilash amalga oshirilgan ishlar:
Viloyatda tug‘ish yoshidagi ayollar soni 5 18591 nafarni tashkil etadi, tug‘ruqlar soni 19635 ta, onalar o‘limi 4 ta, 15-17 yoshdagi tug‘ruqlar soni 4ta, 45 va undan yuqori yoshdagi 68 nafardagi ayollarda tug‘ruqlar qayd qilingan.
Bundan tashqari erta tug‘ruq sodir etgan qizlar bilan xonadonlariga borib, “Oqila ayollar harakati” a’zolari tomonidan individual suhbatlar tashkil etildi.
3. Oilaviy ajrimlar, sha’riy nikohni kamaytirish bo‘yicha olib borilgan ishlar:
Viloyatda o‘tgan 6 oy mobaynida 1162 ta oilaviy ajrimlar qayd etilgan. Bu ko‘rsatkich 2023 yilning shu davrida 1241 tani tashkil etgan bo‘lib, o‘tgan yilning xisobot davriga nisbatan 6 foizga (-79 ta)ga kamaygan. Bunda albatta “Oqila ayollar harakati” a’zolarining ishtiroki katta.
Oilaviy ajrim ko‘rsatkichlari Buxoro shahrida (-15), Qorako‘l tumanida (-18), Kogon tumanida (-15), G‘ijduvon tumanida (-31), Vobkent tumanida (-20), Romitan tumanida (-3), Olot tumanida (-6), Qorovulbozor tumanida (-7), Jondor tumanlarida (-1), kamayib yashil xududga o‘tgan.
Hisobot davrida o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1 063 ta MFYlaridan, 608 ta MFYlarda ajrimlar soni kamaygan, 252 ta MFYlarda ajrimlar soni barqaror bo‘lgan, 145 ta MFYlarda ajrim umuman qayd etilmagan.
Ajrimlar yuzaga kelgan oilalarda 1022 nafar otasiz yoki onasiz qolayotgan bolalar qayd etilgan.
Oilaviy ajrimga oid nizoli oilalar soni 1758 ta. Shundan 1252 tasi MFYga, 114 tasi FXDYO bo‘limiga hamda 392 tasi sudga ariza bilan murojaat qilgan. 1518 ta oilada nizo bartaraf etilgan.
Bundan tashqari “Qaynonalar maktabi” bilan hamkorlikni kuchaytirgan holda “Qaynonam onam mening-kelinim bolam mening” mavzusida 285 dan ortiq uchrashuv va davra suhbatlari o‘tkazildi.
4. Xotin-qizlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar tahlili:
Buxoro viloyati joriy yilning 6 oyi davomida xotin-qizlar tomonidan jami 129 ta (2023 y 155 ta) jinoyat sodir etilgan bo‘lib, o‘tgan yilga nisbatan 26 taga kamaygan bo‘lib, muntazam ravishda ”Ma’rifat”targ‘ibotchilar jamiyati, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita huzurida tashkil etilgan xotin- qizlar o‘rtasida diniy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchilar guruhlari bilan hamkorlikda “Oqila ayollar harakati” a’zolari tomonidan suhbatlar olib borilmoqda.
5. Tazyiq va zo‘ravonlik bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar:
Buxoro viloyatida joriy yilning 6 oyi davomida tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan xotin-qizlar soni 1811 nafarni (2023 y 873 nafar) tashkil etib shularning barchasiga himoya orderlari berilgan. Tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan xotin-qizlarning psixologik holati bilan “Oqila ayollar harakati” a’zolaridagi yuqori malakali psixologlar ishlab kelmoqda.
Himoya orderi berilgan xotin-qizlarning 176 nafari (2023 y 98 naafr) jismoniy zo‘ravonlikka, 1 nafari (2023 y 2 ta) jinsiy zo‘ravonlikka, 1 nafari (2023 y 4 nafar) iqtisodiy zo‘ravonlikka, 700 nafari (2023 y 332 nafar) ruhiy zo‘ravonlikka va 932 nafari (2023 y 437 nafar) tazyiqqa uchragan xotin – qizlarni tashkil etadi.
Tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan xotin-qizlar shahar tuman kesimida tahlil qilinganda barcha shahar tumanlarga shundan;
Jondor tumanida bu ko‘rsatkich 61 ta (2023 y 69 ta) 8 taga va Kogon shahrida 52 ta (2023 y 55 ta ) 3 taga kamaygan.
Joriy yilda himoya orderi berish natijasida 699 ta oila (2023 y 349 ta) oilalar yarashtirilgan, 1007 ta (2023 y 468 ta) oilalardagi nizolar bartaraf etilgan.
6. Migratsiyadagi va migratsiyadan qaytgan xotin-qizlar masalalari tahlili:
Joriy yilning 6 oyi davomida uzoq muddatga yurgan xotin – qizlar soni soni 21 ming 83 nafarni shundan voyaga yetmaganlar soni 2492 nafarni (2023 y 2642 nafar) tashkil etgan bo‘lib o‘tgan yilga nisbatan bu ko‘rsatkich 150 taga kamaygan.
Uzoq muddatdan qaytib kelganlarning xotin – qizlar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib ularning 372 nafarini bandligi ta’minlangan.
Joriy yilning 6 oyi davomida uzoq muddatga yurgan xotin – qizlar soni soni 21 ming 83 nafarni shundan voyaga yetmaganlar soni 2492 nafarni (2023 y 2642 nafar) tashkil etgan bo‘lib o‘tgan yilga nisbatan bu ko‘rsatkich 150 taga kamaygan.
Doimiy yashash joyidan uzoq muddatga ketib qaytib kelganlar soni 15 ming 204 nafarni shundan xotin – qizlar soni 4014 nafar (2023 y 3140 nafar) bo‘lib, o‘tgan yilga nisbatan kelganlar soni 1874 nafarga ko‘paygan.
Uzoq muddatdan qaytib kelganlarning xotin – qizlar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib ularning 372 nafarini bandligi ta’minlangan. “Oqila ayollar harakati” a’zolari tomonidan joylarda ular bilan suhbatlar muntazam olib borilmoqda.
Ayni damda viloyat “Oqila ayollar harakati” a’zolari soni 8605 nafarni tashkil etib, xotin-qizlar hayotining barcha jabhalarida ular tomonidan turli tadbirlar o‘tkazilib kelmoqda. “Oila - ma’naviyat qo‘rg‘oni”, "Farovon oila-farovon jamiyat negizi”, “Oilaviy qadriyatlar - mustahkam oila poydevori” nomli targ‘ibot dasturlari ishlab chiqilgan.
O‘tkazilgan tadbirlar soni jami 2097 tani tashkil etmoqda.
Shundan; 450 tasi milliy qadriyatlar asosida oilani mustahkamlash bo‘yicha. 343 tasi ijtimoiy- ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish. 339 tasi farzand tarbiyasi, yoshlarni vatanga sadoqatli qilib tarbiyalash mavzusida. 326 tasi notinchlikni, tazyiq zo‘ravonliklarni oldini olish borasida. 328 tasi yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, "Oila-muqaddas" tushunchasini keng targ‘ib qilish. 311 tasi sog‘lom turmush tarzini, kitobxonlikni targ‘ib qilish, iqtidorli qizlarni qo‘llab-quvvatlash kabi mavzulardan iboratdir.
Yuqorida keltirilgan tadbirlarda jami 77 ming 589 nafar xotin-qizlar qamrab olindi. Bajarilgan ishlar yuzasidan 574 ta tadbirlar OAV larida yoritildi va
ushbu tadbirlar hozirgi kunda o‘z samarasini beryapti.