Corporate Logo Corporate Logo

Ishonch telefoni: 0 (365) 226-10-97'

o'zb | рус| eng
buxdu-Buxoro davlat universiteti
Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat boʻlimi boshlig`i

Rajabov San'atjon Sunnatovich

Murojaat uchun

Ma`naviyat va ma`rifat bo`limi  talaba-yoshlar ongi va qalbida  ma`naviy fazilatlarni kamol toptirishda, milliy istiqlol g`oyasi va mustaqillik mafkurasini shakllantirishda Buxoro davlat pedagogika institutida amalga oshirilayotgan ma`naviy-ma`rifiy va tarbiya tizimiga rahbarlik qiluvchi, uni boshqaruvchi bo`lim hisoblanadi.

Universitetdagi ma`naviy-ma`rifiy tizimga rahbarlik qilish, bu borada olib boriladigan ishlarni jonlantirish  va samaradorligini oshirish, ilg`or tajribalarni ommalashtirish,  ma`naviy-ma`rifiy masalalar bo`yicha ilmiy-uslubiy adabiyotlarni tanlash va tavsiya qilish,  o`quv markazlari, fakultetlar, jamoa tashkilotlari hamda talabalar uyida tashkil etilayotgan tarbiyaviy ishlar ustidan nazorat o`rnatish  va ular faoliyatini muvofiqlashtirish,  yuqori malakali mutaxassislarni kamol toptirish ishida faol ishtirok etish “bo`lim” ish faoliyatining ustuvor yo`nalishidir.

Bo`limning asosiy maqsadi talaba-yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida ma`naviy barkamol, yetuk axloqli, Vatan, xalq manfaatlarini shaxsiy manfaatlaridan ustun qo`yuvchi, elim deb, yurtim deb yonib yashovchi, Vatan timsollarini e`zozlovchi mutaxassis qilib yetishtirishda o`quv markazlari, fakultetlar, jamoat tashkilotlari faoliyatlarini muvofiqlashtirish, boshqarish, nazorat qilish va ularga ilmiy-uslubiy, amaliy yordam berishni tashkil etish, talaba-yoshlarni ma`naviy-axloqiy,  vatanparvar, huquqiy, badiiy-estetik didga ega bo`lgan,  jismoniy va aqliy barkamol shaxs etib tarbiyalashdir. Shuningdek, bo`limning vazifalari ajdodlarimizning buyuk tarixiy merosi va hozirgi zamon tafakkuri  asosida yashaydigan, mustaqil dunyoqarashga ega bo`lgan vatanparvar, insonparvar, milliy g`urur va  o`zligini anglaydigan,  o`z millatiga sadoqatli bo`lishni eng yuksak burch deb biladigan, odamlarda iymon, mehr-shafqat, poklik va halollik kabi fazilatlarni qadrlay oladigan, ularga hayotda amal  qiladigan,  o`zida ota-onaga izzat-hurmat, oilaga sadoqat, bag`rikenglik tuyg`ularini singdirgan,  adolat bilan razillikni, yaxshilik bilan yomonlikni amalda ajrata oladigan shaxsni shakllantirishga ko`maklashish, talabalarning o`z ruhiy dunyosini takomillashtirib hayotda o`z o`rinlarini topishga  hamda mustaqillikka tahdid soladigan ekstremistik oqimlarga qarshi jangovor kurashchi bo`lib  yetishishiga   yordamlashishdan iboratdir.

«Bo`lim»ning vazifalari:

- O`zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumati tomonidan qabul qilingan Farmon va Qarorlar mazmunini talabalarga  yetkazib borish;

- O`zbekiston Respublikasi Prezidenti, Respublika hukumati va Vazirlik tomonidan qabul qilingan ta`lim-tarbiya, ma`naviyat va ma`rifat, milliy istiqlol g`oyasi va mafkurasiga bag`ishlangan Farmon, Qaror va buyruqlar bo`yicha tegishli hujjatlar tayyorlash va ularning bajarilishini ta`minlash;

- universitet bilan korxona, tashkilot, huquq tartibot  idoralari, san`at va madaniy  muassasalar,  xususiy korxona va firmalar o`rtasida ma`naviy-ma`rifiy ishlar sohasida manfaatli hamkorlik shartnomalarini tuzish va ularni amalga oshirib borish;

- talabalarning ma`naviy-axloqiy saviyasi va madaniy ehtiyojlarini aniqlash maqsadida ular orasida sotsiologik tadqiqotlar o`tkazib borish va ularning  natijalaridan tarbiyaviy ishlarda foydalanish;

- mustaqil dunyoqarashga ega bo`lgan, ajdodlarimizning buyuk tarixiy merosi va hozirgi zamon tafakkuri  asosida yashaydigan, vatanparvar, insonparvar, milliy  o`zligini anglaydigan, milliy  g`urur va o`z millatiga sadoqatli bo`lishni eng yuksak burch deb biladigan, odamlarda iymon, mehr-shafqat, poklik va halollik kabi fazilatlarni qadrlay oladigan va ularga hayotda amal qiladigan, ota-onaga izzat-hurmat, oilaga sadoqat, bag`ri keng, adolat bilan razillikni, yaxshilik bilan yomonlikni amalda ajrata oladigan shaxsni shakllantirishda ko`maklashish;

- talabalarning hayotda o`z o`rinlarini topishga, o`z-o`zini tarbiyalash, o`z shaxsini kamolatga yetkazish, o`z ruhiy dunyosini takomillashtirish usullarini egallashlariga yordam berish;

- mustaqillikka tahdid soladigan ekstremistik oqimlarga qarshi jangovor kurashchi bo`lib  yetishishiga talabalarga  yordamlashish.

- zamon talablariga javob beradigan ma`naviy barkamol, yuqori malakali mutaxassis kadrlarni tayyorlashda Respublika Prezidenti Farmonlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining Qarorlarida nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish

- talaba-yoshlarni chuqur vatanparvarlik, fidoyilik, milliy g`oya va mustaqillik mafkurasi ruhida tarbiyalash ishlarini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirishga alohida e`tibor qaratish.