60310300 – Psixologiya bakalavriat yo‘nalishi malaka talabi asosida mazkur ta’lim yo‘nalishi shaxs psixikasi, xulq-atvori va faoliyatining qonuniyatlarini chuqur o‘rganishga, psixologik jarayonlar va holatlarni ilmiy tahlil qilishga, diagnostika, maslahat berish va korreksion ishlarni amalga oshirishga qodir bakalavr kadrlarni tayyorlashga qaratilgan. Bitiruvchilar ta’lim muassasalari, sog‘liqni saqlash tizimi, ijtimoiy xizmatlar, mehnat jamoalari, davlat va nodavlat tashkilotlari, shuningdek, psixologik xizmat ko‘rsatish markazlarida mutaxassis sifatida faoliyat yuritishlari mumkin. Ular psixologik tadqiqotlar o‘tkazish, shaxs va guruh bilan ishlash, psixodiagnostika va psixokorreksiya metodlarini qo‘llash, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish hamda zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda kasbiy faoliyatni amalga oshirish kompetensiyalariga ega bo‘lishi ko‘zda tutilgan