Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin!
shape
shape

60110700 – O‘zbek tili va adabiyoti

Orqaga
Bakalavr | 2025-2026 o'quv yili

60110700 – O‘zbek tili va adabiyoti

60110700 – O‘zbek tili va adabiyoti ta’lim yo‘nalishi umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari uchun ona tili va adabiyot fanlaridan yuqori malakali pedagog kadrlar tayyorlashga yo‘naltirilgan. Mazkur yo‘nalish bo‘yicha ta’lim kunduzgi va kechki shakllarda amalga oshirilib, bakalavriat dasturining me’yoriy muddati kunduzgi ta’limda 4 yilni tashkil etadi. Ta’lim jarayonida talabalar tilshunoslik asoslari, hozirgi o‘zbek adabiy tili, o‘zbek tili tarixi, dialektologiya, nutq madaniyati va notiqlik san’ati, adabiyotshunoslik asoslari, o‘zbek adabiyoti tarixi, jahon adabiyoti, folklorshunoslik hamda ona tili va adabiyotini o‘qitish metodikasi bo‘yicha chuqur nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarni egallaydi.