60110100 – “Pedagogika” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi kunduzgi shaklda amalga oshiriladi, ta’lim muddati 4 yil bo‘lib, tarbiya va pedagogika sohasida zamonaviy bilim, ko‘nikma va kompetensiyalarga ega mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan; bitiruvchilar umumiy o‘rta va ixtisoslashtirilgan maktablarda “Tarbiya” fani o‘qituvchisi, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarida pedagogika o‘qituvchisi, mehribonlik uylari tarbiyachisi, mahallalarda yoshlar yetakchisi, ta’lim muassasalarida uslubchi, tutor va boshqaruv tizimida mutaxassis sifatida faoliyat yuritishi mumkin, o‘quv jarayonida pedagogika nazariyasi va tarixi, milliy tarbiya asoslari, inklyuziv ta’lim, ijtimoiy pedagogika, kreativ pedagogika, tarbiya metodikasi kabi fanlar o‘qitiladi hamda malakaviy amaliyotlar orqali nazariy bilimlar mustahkamlanib, bitiruvchilarga “Tarbiya fani o‘qituvchisi” kvalifikatsiyasi beriladi.