Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin!
shape
shape

60110500 – Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi

Orqaga
Bakalavr | 2025-2026 o'quv yili

60110500 – Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi

60110500 – “Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi kunduzgi va sirtqi shakllarda amalga oshiriladi, kunduzgi ta’lim muddati 3 yil bo‘lib, tasviriy san’at, chizmachilik va muhandislik grafikasi sohalarida zamonaviy bilim, ko‘nikma va kompetensiyalarga ega mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan; bitiruvchilar umumiy o‘rta, ixtisoslashgan (san’at va muhandislik) maktablar hamda o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarida tasviriy san’at va chizmachilik fanlari o‘qituvchisi, maktabdan tashqari ta’limda to‘garak rahbari, shuningdek dizayn, raqamli media, sanoat, ishlab chiqarish, arxitektura, madaniyat, san’at va nashriyot sohalarida mutaxassis sifatida faoliyat yuritishi mumkin, o‘quv jarayonida qalamtasvir, rangtasvir, chizmachilik, chizma geometriya, muhandislik kompyuter grafikasi, grafik tasvirlash asoslari, tasviriy san’at fanini o‘qitish metodikasi, inklyuziv ta’lim va amaliy bezak san’ati kabi fanlar o‘qitiladi hamda malakaviy amaliyotlar (plener, o‘quv-tanishuv, pedagogik va bitiruv oldi) orqali nazariy bilimlar mustahkamlanib, bitiruvchilarga “Tasviriy san’at va chizmachilik fani o‘qituvchisi” kvalifikatsiyasi beriladi.