Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin!
shape
shape

60111300 – Texnologik ta’lim

Orqaga
Bakalavr | 2025-2026 o'quv yili

60111300 – Texnologik ta’lim

60111300 – “Texnologik ta’lim” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi kunduzgi va kechki shakllarda amalga oshiriladi, kunduzgi ta’lim muddati 3 yil bo‘lib, texnologiya va kasb ta’limi sohasida zamonaviy bilim, ko‘nikma va kompetensiyalarga ega pedagog kadrlarni tayyorlashga qaratilgan; bitiruvchilar umumiy o‘rta va ixtisoslashtirilgan maktablarda texnologiya fani hamda kasb tanlashga yo‘naltirish o‘qituvchisi, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarida mutaxassislik fanlari o‘qituvchisi, maktabdan tashqari ta’limda to‘garak rahbari, professional ta’lim muassasalarida o‘quv ustasi, ta’lim muassasalarida tyutor, laborant va kabinet mudiri, vazirlik va idoralarda metodist, mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlarida mutaxassis, shuningdek pedagogika va texnika yo‘nalishidagi ilmiy-tadqiqot institutlarida kichik ilmiy xodim sifatida faoliyat yuritishi mumkin; o‘quv jarayonida materialshunoslik asoslari, chizma geometriya va muhandislik grafikasi, metall va metallmas materiallarga ishlov berish texnologiyasi, tikuv buyumlarini loyihalash va modellashtirish, robototexnika asoslari, texnologiya fanini o‘qitish metodikasi, xalq hunarmandchiligi va badiiy loyihalash, inklyuziv ta’lim hamda mediasavodxonlik kabi fanlar o‘qitiladi va 4+2 tartibdagi malakaviy amaliyotlar orqali nazariy bilimlar mustahkamlanib, bitiruvchilarga “Texnologiya fani o‘qituvchisi” kvalifikatsiyasi beriladi.