Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin!
shape
shape

60220300 – Tarix

Orqaga
Bakalavr | 2025-2026 o'quv yili

60220300 – Tarix

60220300 – Tarix bakalavriat yo‘nalishi malaka talabi asosida, mazkur ta’lim yo‘nalishi tarix fanining nazariy va amaliy asoslarini chuqur egallagan, tarixiy jarayonlarni ilmiy tahlil qila oladigan, milliy va jahon tarixini tizimli ravishda o‘rgangan, zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalangan holda ta’lim berish hamda ilmiy-tadqiqot faoliyatini olib borishga qodir bakalavr kadrlarni tayyorlashga qaratilgan. Bitiruvchilar umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarida tarix fanidan dars berish, ilmiy-tadqiqot institutlari, arxivlar, muzeylar, madaniy meros muassasalari, davlat va nodavlat tashkilotlarida tarixchi-mutaxassis sifatida faoliyat yuritishlari mumkin. Ular tarixiy manbalarni tahlil qilish, ilmiy xulosa chiqarish, tarbiyaviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish hamda milliy istiqlol g‘oyasi va umuminsoniy qadriyatlar asosida yoshlarni tarbiyalash kompetensiyalariga ega bo‘lishi ko‘zda tutilgan.