60111200 – “Jismoniy madaniyat” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi kunduzgi va kechki shakllarda amalga oshiriladi, bakalavriat dasturining me’yoriy muddati 3 yil bo‘lib, jismoniy tarbiya va sport sohasida zamonaviy bilim, ko‘nikma va kompetensiyalarga ega pedagog kadrlarni tayyorlashga qaratilgan; bitiruvchilar umumiy o‘rta ta’limda “Jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisi”, o‘rta maxsus va professional ta’limda jismoniy tarbiya hamda mutaxassislik fanlari o‘qituvchisi, maktabdan tashqari ta’limda to‘garak rahbari, maktabgacha ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya yo‘riqchisi, vazirlik va idoralarda metodist, mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlarida mutaxassis, shuningdek ta’lim muassasasini boshqarish tizimida faoliyat yuritishi mumkin; o‘quv jarayonida jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi, gimnastika, sport o‘yinlari, yengil atletika, milliy va harakatli o‘yinlar, sport gigiyenasi, sportning tibbiy-fiziologik asoslari, inklyuziv ta’lim va mediasavodxonlik kabi fanlar o‘qitiladi hamda malakaviy amaliyotlar (o‘quv-tanishuv, pedagogik va bitiruv oldi) orqali nazariy bilimlar mustahkamlanib, bitiruvchilarga “Jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisi” kvalifikatsiyasi beriladi.