Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin!
shape
shape

60530500 – Fizika va astronomiya

Orqaga
Bakalavr | 2025-2026 o'quv yili

60530500 – Fizika va astronomiya

60530500 – Fizika va astronomiya bakalavriat ta’lim yo‘nalishi umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari, shuningdek oliy ta’lim tizimi uchun fizika va astronomiya fanlari bo‘yicha malakali pedagog kadrlar hamda mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan. Ushbu yo‘nalishda tahsil oluvchilar klassik va zamonaviy fizika, astronomiya asoslari, mexanika, molekulyar fizika va termodinamika, elektr va magnit hodisalari, optika, atom va yadro fizikasi, shuningdek fizika o‘qitish metodikasi bo‘yicha fundamental va amaliy bilimlarga ega bo‘ladilar. Bitiruvchilar ta’lim muassasalarida pedagogik faoliyat yuritish, laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish, o‘quv jarayonini loyihalash va takomillashtirish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda ta’lim sifatini oshirish, shuningdek ilmiy-tadqiqot va uslubiy ishlarni amalga oshirish kompetensiyalariga ega bo‘lishi ko‘zda tutilgan.