Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin!
shape
shape

60110400 – Boshlang‘ich ta’lim

Orqaga
Bakalavr | 2025-2026 o'quv yili

60110400 – Boshlang‘ich ta’lim

O‘zbek tilida (qisqacha tavsif) 60110400 – “Boshlang‘ich ta’lim” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi kunduzgi va kechki shakllarda amalga oshiriladi, kunduzgi ta’lim muddati 4 yil bo‘lib, boshlang‘ich sinflar uchun zamonaviy pedagogik bilim, ko‘nikma va kompetensiyalarga ega o‘qituvchilarni tayyorlashga qaratilgan; bitiruvchilar umumiy o‘rta ta’lim maktablari va professional ta’lim tashkilotlarida boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchisi, ommaviy axborot vositalari, davlat boshqaruvi organlari hamda boshqa davlat va nodavlat tashkilotlarda mutaxassis, shuningdek ta’lim tashkilotlarini boshqarish tizimida faoliyat yuritishi mumkin, o‘quv jarayonida boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi, boshlang‘ich matematika kursi nazariyasi, ona tili, bolalar adabiyoti, tabiiy fanlar, tarbiya fani, inklyuziv ta’lim, mediasavodxonlik va xalqaro baholash dasturlari (PISA, TIMSS, PIRLS) asosida o‘qitishni tashkil etish kabi fanlar o‘qitiladi hamda malakaviy amaliyotlar (o‘quv-tanishuv, pedagogik va bitiruv oldi) orqali nazariy bilimlar mustahkamlanib, bitiruvchilarga “Boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchisi” kvalifikatsiyasi beriladi.