Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin!
shape
shape

60540100 – Matematika

Orqaga
Bakalavr | 2025-2026 o'quv yili

60540100 – Matematika

60540100 — Matematika bakalavriat ta’lim yo‘nalishi umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari hamda oliy ta’lim tizimi uchun malakali matematika o‘qituvchilari va mutaxassislarini tayyorlashga qaratilgan. Ushbu yo‘nalishda tahsil oluvchilar fundamental va amaliy matematika, algebra, geometriya, matematik analiz, ehtimollar nazariyasi va matematika o‘qitish metodikasi bo‘yicha chuqur bilimlarga ega bo‘ladilar. Bitiruvchilar ta’lim muassasalarida pedagogik faoliyat yuritish, o‘quv jarayonini loyihalash va tashkil etish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda ta’lim sifatini oshirish, shuningdek ilmiy-tadqiqot va uslubiy ishlarni amalga oshirish kompetensiyalariga ega bo‘lishi ko‘zda tutilgan.