Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin!
shape
shape

60110300 – Maxsus pedagogika

Orqaga
Bakalavr | 2025-2026 o'quv yili

60110300 – Maxsus pedagogika

60110300 – Maxsus pedagogika ta’lim yo‘nalishi alohida ta’lim ehtiyojlariga ega bo‘lgan bolalar va shaxslarni o‘qitish, tarbiyalash, korreksiyalash hamda ijtimoiy moslashtirish sohasida yuqori malakali pedagog kadrlar tayyorlashga yo‘naltirilgan. Mazkur yo‘nalish bo‘yicha ta’lim kunduzgi shaklda amalga oshirilib, bakalavriat dasturining me’yoriy muddati 4 yilni tashkil etadi. Ta’lim jarayonida talabalar umumta’lim muassasalari, maxsus maktab va maktab-internatlar, inklyuziv ta’lim joriy etilgan tashkilotlar, reabilitatsiya markazlari hamda ijtimoiy muassasalarda kasbiy faoliyat yuritish uchun zarur bo‘lgan nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarni egallaydi.