shape
shape

70111102 – Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘qitish metodikasi (huquq ta’limi)

Orqaga
Magistr | 2025-2026 o'quv yili

70111102 – Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘qitish metodikasi (huquq ta’limi)

70111102 – “Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘qitish metodikasi (huquq ta’limi)” magistratura mutaxassisligi kunduzgi shaklda amalga oshiriladi, kredit-modul tizimi asosida 120 kredit hajmida tashkil etilib, me’yoriy o‘qish muddati 2 yilni tashkil etadi hamda milliy malaka ramkasi, kasb standartlari va kadrlar buyurtmachilari talablaridan kelib chiqib huquq ta’limi va ijtimoiy-gumanitar fanlar sohasida chuqur nazariy bilimga, ilmiy-tadqiqot va ilmiy-pedagogik kompetensiyalarga ega yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan; bitiruvchilar oliy ta’lim muassasalari, qayta tayyorlash va malaka oshirish markazlari, professional ta’lim tashkilotlari, umumiy o‘rta va maktabgacha ta’lim muassasalarida mutaxassislik fanlarini o‘qitish, Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlari hamda markazlarida ilmiy tadqiqot faoliyatini olib borish, shuningdek ta’lim sifatini monitoring qilish bo‘limlarida pedagog, metodist, tadqiqotchi va boshqaruv xodimi sifatida faoliyat yuritishi mumkin; o‘quv jarayonida ilmiy tadqiqot metodologiyasi, maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi, huquqshunoslik, davlat va huquq nazariyasi, qiyosiy huquqshunoslik, kasbiy ma’naviyat, ta’lim tizimidagi islohotlar, innovatsion pedagogika, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, pedagogik va psixologik asoslar kabi fanlar o‘qitiladi, malakaviy va ilmiy-amaliyotlar orqali nazariy bilimlar mustahkamlanadi hamda magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash va himoya qilish yakuniy natija sifatida belgilangan.