Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin!
shape
shape

70110701 – O‘zbek tili va adabiyoti

Orqaga
Magistr | 2025-2026 o'quv yili

70110701 – O‘zbek tili va adabiyoti

70110701 – “O‘zbek tili va adabiyoti” magistratura mutaxassisligi kunduzgi shaklda amalga oshiriladi, kredit-modul tizimi asosida tashkil etilib 120 kredit hajmni tashkil etadi hamda me’yoriy o‘qish muddati 2 yil bo‘lib, milliy malaka ramkasi, kasb standartlari va kadrlar buyurtmachilari talablaridan kelib chiqib til va adabiyot ta’limi sohasida chuqur nazariy bilimga, ilmiy-tadqiqot va ilmiy-pedagogik kompetensiyalarga ega yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan; bitiruvchilar barcha ta’lim muassasalarida mutaxassislik fanlarini o‘qitish, Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlari hamda markazlarida ilmiy tadqiqot faoliyatini yuritish, ta’lim sifatini monitoring qilish bo‘limlarida faoliyat olib borishi mumkin; o‘quv jarayonida ilmiy tadqiqot metodologiyasi, amaliy tilshunoslik, mumtoz tarixiy poetika, lingvodidaktika asoslari, badiiy adabiyot va estetik kategoriyalar, maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi kabi fanlar o‘qitiladi, malakaviy va ilmiy-amaliyotlar orqali nazariy bilimlar mustahkamlanadi hamda magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash va himoya qilish yakuniy natija sifatida belgilangan.