70110102 – “Pedagogika” magistratura mutaxassisligi kunduzgi shaklda amalga oshiriladi, o‘qish muddati 2 yil bo‘lib, pedagogika sohasida chuqur nazariy bilimga, ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyat ko‘nikmalariga ega yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan; bitiruvchilar oliy ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot institutlari, qayta tayyorlash va malaka oshirish markazlarida pedagog, metodist, tadqiqotchi, ta’lim jarayonini tashkil etuvchi va boshqaruvchi mutaxassis sifatida faoliyat yuritishi mumkin; o‘quv jarayonida ilmiy tadqiqot metodologiyasi, ta’lim strategiyasi, mutaxassislik fanlarini o‘qitish metodikasi, ta’lim menejmenti, pedagogik deontologiya, innovatsion pedagogika, pedagogik faoliyatni tashkil etish kabi fanlar o‘qitiladi, malakaviy va ilmiy-amaliyotlar orqali nazariy bilimlar mustahkamlanadi hamda magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash va himoya qilish yakuniy natija sifatida belgilangan.