70111101 – “Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘qitish metodikasi (ma’naviyat asoslari)” magistratura mutaxassisligi kunduzgi shaklda amalga oshiriladi, kredit-modul tizimi asosida 120 kredit hajmida tashkil etilib, me’yoriy o‘qish muddati 2 yilni tashkil etadi hamda milliy malaka ramkasi, kasb standartlari va kadrlar buyurtmachilari talablaridan kelib chiqib ijtimoiy-gumanitar fanlar va ma’naviyat asoslari ta’limi sohasida chuqur nazariy bilimga, ilmiy-tadqiqot, ilmiy-pedagogik hamda ma’naviy-ma’rifiy kompetensiyalarga ega yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan; bitiruvchilar oliy ta’lim muassasalari, qayta tayyorlash va malaka oshirish markazlari, professional ta’lim tashkilotlari, umumiy o‘rta va maktabgacha ta’lim muassasalarida mutaxassislik fanlarini o‘qitish, Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlari hamda markazlarida ilmiy tadqiqot faoliyatini olib borish, shuningdek ta’lim sifatini monitoring qilish bo‘limlarida pedagog, metodist, tadqiqotchi va boshqaruv xodimi sifatida faoliyat yuritishi mumkin; o‘quv jarayonida ilmiy tadqiqot metodologiyasi, maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi, ijtimoiy-gumanitar fanlar nazariyasi, ma’naviyat va ma’rifat asoslari, innovatsion pedagogika, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, pedagogik va psixologik asoslar kabi fanlar o‘qitiladi, malakaviy va ilmiy-amaliyotlar orqali nazariy bilimlar mustahkamlanadi hamda magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash va himoya qilish yakuniy natija sifatida belgilangan.