70110201 – “Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (maktabgacha ta’lim)” magistratura mutaxassisligi kunduzgi shaklda amalga oshiriladi, o‘qish muddati 2 yil bo‘lib, maktabgacha ta’lim tizimi uchun ta’lim-tarbiya jarayonlarini ilmiy asosda rejalashtirish, tashkil etish va takomillashtirishga qodir, chuqur nazariy bilim hamda ilmiy-tadqiqot kompetensiyalariga ega yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan; bitiruvchilar oliy ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot institutlari, maktabgacha ta’lim tashkilotlari, qayta tayyorlash va malaka oshirish markazlarida pedagog, metodist, tadqiqotchi va boshqaruv xodimi sifatida faoliyat yuritishi mumkin; o‘quv jarayonida ilmiy tadqiqot metodologiyasi, maktabgacha pedagogika, ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish, mutaxassislik fanlarini o‘qitish metodikasi, ta’limni boshqarish, pedagogik akmeologiya, innovatsion pedagogika, inklyuziv ta’lim va mediasavodxonlik kabi fanlar o‘qitiladi, malakaviy va ilmiy-amaliyotlar orqali nazariy bilimlar mustahkamlanadi hamda magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash va himoya qilish yakuniy natija sifatida belgilangan.