Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin!
shape
shape

70111001 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (chaqiriqqacha harbiy ta’lim)

Orqaga
Magistr | 2025-2026 o'quv yili

70111001 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (chaqiriqqacha harbiy ta’lim)

70111001 – “Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (chaqiriqqacha harbiy ta’lim)” magistratura mutaxassisligi kunduzgi shaklda amalga oshiriladi, kredit-modul tizimi asosida tashkil etilib 120 kredit hajmni tashkil etadi hamda me’yoriy o‘qish muddati 2 yil bo‘lib, milliy malaka ramkasi, kasb standartlari va kadrlar buyurtmachilari talablaridan kelib chiqib chaqiriqqacha harbiy ta’lim sohasida chuqur nazariy bilimga, ilmiy-tadqiqot va ilmiy-pedagogik kompetensiyalarga ega yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan; mutaxassislik bo‘yicha o‘qish uchun kamida B1 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat talab etiladi; bitiruvchilar oliy ta’lim muassasalari, qayta tayyorlash va malaka oshirish markazlari, professional ta’lim tashkilotlari, umumiy o‘rta va maktabgacha ta’lim muassasalarida mutaxassislik fanlarini o‘qitish, Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlari hamda markazlarida ilmiy tadqiqot faoliyatini olib borish, shuningdek ta’lim sifatini monitoring qilish bo‘limlarida pedagog, metodist, tadqiqotchi va boshqaruv xodimi sifatida faoliyat yuritishi mumkin; o‘quv jarayonida ilmiy tadqiqot metodologiyasi, maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi, harbiy fanlarni o‘qitish metodikasi, harbiy va maxsus tayyorgarlikning huquqiy asoslari, harbiy va maxsus tayyorgarlikning pedagogik-psixologik asoslari, ta’lim tizimidagi islohotlar kabi fanlar o‘qitiladi, malakaviy va ilmiy-amaliyotlar orqali nazariy bilimlar mustahkamlanadi hamda magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash va himoya qilish yakuniy natija sifatida belgilangan.