70110801 – “Ona tili va adabiyoti” magistratura mutaxassisligi kunduzgi shaklda amalga oshiriladi, kredit-modul tizimi asosida 120 kredit hajmida tashkil etilib, me’yoriy o‘qish muddati 2 yilni tashkil etadi hamda milliy malaka ramkasi, kasb standartlari va kadrlar buyurtmachilari talablaridan kelib chiqib ona tili va adabiyoti ta’limi sohasida chuqur nazariy bilimga, ilmiy-tadqiqot va ilmiy-pedagogik kompetensiyalarga ega yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan; bitiruvchilar umumiy o‘rta, professional va oliy ta’lim muassasalarida mutaxassislik fanlarini o‘qitish, Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlari hamda markazlarida ilmiy tadqiqot faoliyatini olib borish, ta’lim sifatini monitoring qilish bo‘limlarida faoliyat yuritishi mumkin; o‘quv jarayonida ilmiy tadqiqot metodologiyasi, ona tili nazariyasi, adabiyotshunoslik, lingvodidaktika asoslari, mumtoz va zamonaviy adabiyot, maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi, inklyuziv ta’lim va mediasavodxonlik kabi fanlar o‘qitiladi, malakaviy va ilmiy-amaliyotlar orqali nazariy bilimlar mustahkamlanadi hamda magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash va himoya qilish yakuniy natija sifatida belgilangan.