Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin!
shape
shape

70110501 – Tasviriy san’at

Orqaga
Magistr | 2025-2026 o'quv yili

70110501 – Tasviriy san’at

70110501 – “Tasviriy san’at” magistratura mutaxassisligi kunduzgi shaklda amalga oshiriladi, o‘qish muddati 2 yil bo‘lib, milliy malaka ramkasi, kasb standartlari va kadrlar buyurtmachilari talablaridan kelib chiqib, tasviriy san’at sohasida chuqur nazariy bilimga, ijodiy va ilmiy-tadqiqot kompetensiyalariga ega, oliy va professional ta’lim muassasalarida pedagogik hamda ilmiy faoliyat olib borishga qodir yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan; bitiruvchilar oliy ta’lim, qayta tayyorlash va malaka oshirish, professional ta’lim, umumiy o‘rta va maktabgacha ta’lim muassasalarida mutaxassislik fanlarini o‘qitish, Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlari hamda markazlarida ilmiy tadqiqotlar olib borish, ta’lim sifatini monitoring qilish bo‘limlarida faoliyat yuritishi mumkin; o‘quv jarayonida ilmiy tadqiqot metodologiyasi, oliy ta’limda mutaxassislik fanlarini o‘qitish metodikasi, akademik rangtasvir, tasviriy san’atda kompozitsiya, yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasida ta’lim tizimidagi islohotlar kabi fanlar o‘qitiladi, malakaviy va ilmiy-amaliyotlar orqali nazariy bilimlar mustahkamlanadi hamda magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash va himoya qilish yakuniy natija sifatida belgilangan.