70530104 – “Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi (kimyo)” magistratura mutaxassisligi kunduzgi shaklda amalga oshiriladi, kredit-modul tizimi asosida 120 kredit hajmida tashkil etilib, me’yoriy o‘qish muddati 2 yilni tashkil etadi hamda milliy malaka ramkasi, kasb standartlari va kadrlar buyurtmachilari talablaridan kelib chiqib kimyo ta’limi sohasida chuqur nazariy bilimga, ilmiy-tadqiqot va ilmiy-pedagogik kompetensiyalarga ega yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan; bitiruvchilar umumiy o‘rta ta’lim maktablarida kimyo fani o‘qituvchisi, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarida kimyo fani o‘qituvchisi, oliy ta’lim muassasalarida pedagog, qayta tayyorlash va malaka oshirish markazlarida metodist, Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlari hamda markazlarida ilmiy xodim, shuningdek ta’lim sifatini monitoring qilish bo‘limlarida pedagog, metodist, tadqiqotchi va boshqaruv xodimi sifatida faoliyat yuritishi mumkin; o‘quv jarayonida ilmiy tadqiqot metodologiyasi, yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi, ta’lim tizimidagi islohotlar, maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi, analitik fizik-kimyoviy metodlar, organik va noorganik kimyo, kimyoviy sintez, laboratoriya tahlili kabi fanlar o‘qitiladi, malakaviy va ilmiy-amaliyotlar orqali nazariy bilimlar mustahkamlanadi hamda magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash va himoya qilish yakuniy natija sifatida belgilangan.