70111301 – “Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (Texnologik ta’lim)” magistratura mutaxassisligi kunduzgi shaklda amalga oshiriladi, kredit-modul tizimi asosida tashkil etilib 120 kredit hajmni tashkil etadi hamda me’yoriy o‘qish muddati 2 yil bo‘lib, milliy malaka ramkasi, kasb standartlari va kadrlar buyurtmachilari talablaridan kelib chiqib texnologik ta’lim sohasida chuqur nazariy bilimga, ilmiy-tadqiqot va ilmiy-pedagogik kompetensiyalarga ega yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan; bitiruvchilar oliy ta’lim muassasalari, qayta tayyorlash va malaka oshirish markazlari, professional ta’lim tashkilotlari, umumiy o‘rta va maktabgacha ta’lim muassasalarida mutaxassislik fanlarini o‘qitish, Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlari hamda markazlarida ilmiy tadqiqot faoliyatini olib borish, shuningdek ta’lim sifatini monitoring qilish bo‘limlarida pedagog, metodist, tadqiqotchi va boshqaruv xodimi sifatida faoliyat yuritishi mumkin; o‘quv jarayonida ilmiy tadqiqot metodologiyasi, texnologik ta’lim nazariyasi va metodikasi, kasbga yo‘naltirish, xalqaro tadqiqotlar va innovatsion texnologiyalar, texnologik ta’limni prognozlash, ta’lim tizimidagi islohotlar kabi fanlar o‘qitiladi, malakaviy va ilmiy-amaliyotlar orqali nazariy bilimlar mustahkamlanadi hamda magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash va himoya qilish yakuniy natija sifatida belgilangan.