70110901 – “Xorijiy til va adabiyoti” magistratura mutaxassisligi kunduzgi shaklda amalga oshiriladi, kredit-modul tizimi asosida tashkil etilib 120 kredit hajmni tashkil etadi hamda me’yoriy o‘qish muddati 2 yil bo‘lib, milliy malaka ramkasi, kasb standartlari va kadrlar buyurtmachilari talablaridan kelib chiqib xorijiy til va adabiyot ta’limi sohasida chuqur nazariy bilimga, ilmiy-tadqiqot va ilmiy-pedagogik kompetensiyalarga ega yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan; mutaxassislik bo‘yicha o‘qish uchun kamida C1 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat talab etiladi; bitiruvchilar oliy ta’lim muassasalarida mutaxassislik fanlarini o‘qitish, Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlari hamda markazlarida ilmiy tadqiqot faoliyatini olib borish, ta’lim sifatini monitoring qilish bo‘limlarida faoliyat yuritishi mumkin; o‘quv jarayonida ilmiy tadqiqot metodologiyasi, oliy ta’limda mutaxassislik fanlarini o‘qitish metodikasi, kasbga yo‘naltirilgan xorijiy til, madaniyatlar qiyosiy tipologiyasi, lingvodidaktik tadqiqot metodlari, chog‘ishtirma lingvistika kabi fanlar o‘qitiladi, malakaviy va ilmiy-amaliyotlar orqali nazariy bilimlar mustahkamlanadi hamda magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash va himoya qilish yakuniy natija sifatida belgilangan.