Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin!
shape
shape

ABDULLAYEV SARVAR ANVAR O‘G‘LI

team image

ABDULLAYEV SARVAR ANVAR O‘G‘LI

O'qituvchi

Abdullayev Sarvar Anvar oʿgʿli 1996 yil 6-avgustda Buxoro viloyati Vobkent tumanida ziyoli oilada tug‘ilgan. Millati – о‘zbek. 2015-2019 yillarda Buxoro davlat universiteti Fizika-matematika fakulteti Matematika ta’lim yо‘nalishini tugatgan. 2020-2022-yillarda Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Matematika (yo’nalishlar bo’yicha) yо‘nalishi magistraturasini tamomlagan. 2019-2020 y - Buxoro viloyati Vobkent tumani 39-umumiy o‘rta ta’lim maktabida matematika fani o‘qituvchisi, 2021-2022 y - SamISI qoshidagi akademik litsey matematika fani o‘qituvchisi lavozimida faoliyat olib borgan. Pedagogik faoliyatini 2019-yildan boshlagan. Shu yillar davomida hozirgacha, Respublika va xalqaro ilmiy jurnallarida 15 dan ortiq ilmiy maqolalari va 10 dan ortiq tezislari bilan ishtirok etgan. Abdullayev Sarvar Anvar oʿgʿli 2022-yil 6-sentyabrdan Buxoro davlat pedagogika instituti “Matematika va informatika” kefedrasi о‘qituvchisi lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.

Elektron pochta:
abdulllayevvsarvarr@gmail.com
ORCID:
0009-0008-4186-0679
Google scholar:
Google scholar

matematik, tadqiqotchi, pedagog

Algebra, Matematik analiz, Funksional analiz, Kompleks analiz

O‘quv-uslubiy ishlar bo‘yicha:

    • Ta’lim beradigan fanidan yoki o‘quv mashg‘ulotining alohida turlari bo‘yicha o‘quv-uslubiy ishlarini tashkil etadi va o‘tkazadi;
    • O‘quv reja va o‘quv dasturlarini bajarilishini ta’minlaydi;
    • Amaliy va seminar mashg‘ulotlari, laboratoriya ishlari, ishlab chiqarish amaliyoti va uy vazifalari bo‘yicha kurs ishlari (loyihalari) ga uslubiy ko‘rsatmalar ishlab chiqadi;
    • Talabalarning mustaqil va individual ishlari bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar uchun topshiriqlar tuzadi;
    • Ilmiy ishlar bo‘yicha:
      • Ilmiy-tadqiqot faoliyatini olib boradi;
      • Talabalarning ilmiy to‘garak ishlarini tashkil etadi va olib boradi.
      • Iktidorli talabalar bilan ishlash, ularni olimpiada va tanlovlarda ishtirok etishga tayyorlash, talabalarning mustakil tayyorlanish shakl va uslublarini takomillashtirish; auditoriya ishlarini optimizatsiyalashtirish xisobiga mustakil tayyorlanish xajmini oshirish buyicha choralar ko‘radi;
      • Axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan lavozim vazifalaridan kelib chiqib bilim va ko‘nikmaga ega bo‘lishi;
      • Xorijiy til o‘qituvchilari uchun (ilmiy daraja va unvondan qat’iy nazar) S1 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo‘lishi lozim;