Dotsent
Turdiyeva Nigora Saidovna 1971-yil 13-sentabrda Buxoro viloyati, Buxoro shahrida tug‘ilgan. 1978–1988-yillarda Buxoro shahridagi 18-son umumta’lim maktabida tahsil olgan. 1990–1996-yillarda Buxoro davlat universitetining Pedagogika va boshlang‘ich ta’lim metodikasi yo‘nalishini tamomlagan. Mehnat faoliyatini 1996-yilda Buxoro tibbiyot bilim yurtining “Ijtimoiy fanlar” kafedrasida o‘qituvchi sifatida boshlagan. Keyinchalik Buxoro tibbiyot kollejida uslubshunos va “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati yetakchisi lavozimlarida ishlagan. 2005–2012-yillarda Buxoro pedagogika kollejining “Pedagogika” kafedrasida o‘qituvchi, 2014–2019-yillarda esa ushbu kollejda bo‘lim boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan. 2019–2023-yillarda Buxoro davlat universitetining “Boshlang‘ich ta’lim” kafedrasida o‘qituvchi, 2023–2025-yillarda Buxoro davlat pedagogika institutining “Boshlang‘ich ta’lim” kafedrasida dotsent lavozimida ishlagan.
Pedagogika va boshlang'ich ta'lim uslubiyoti
Ilmiy daraja: Fan nomzodi, PhD
Ilmiy unvon: Dotsent
yo'q
Boshlang'ich ta'lim pedagogikasi, Maktabgacha ta'limda etnodegagogika, Oila pedagogikasi
PhD (falsafa doktori) vazifalari: Ilmiy tadqiqotlar olib borish; Ilmiy maqola va o‘quv qo‘llanmalar tayyorlash; Talaba va tadqiqotchilarga ilmiy maslahat berish; Darslarni yuqori saviyada o‘tish; Konferensiyalarda ishtirok etish; Kafedra ilmiy faoliyatiga hissa qo‘shish; Mehnat intizomiga rioya qilish
Dotsent vazifalari; Ma’ruza, amaliy va seminar mashg‘ulotlarini o‘tkazish; O‘quv dasturi va uslubiy materiallar tayyorlash; Talabalarning ilmiy ishlariga rahbarlik qilish; Ilmiy tadqiqot olib borish va natijalarni nashr etish; Kafedra va fakultet ishlarida ishtirok etish; Yosh o‘qituvchilarga metodik yordam berish; Ichki qoidalar va mehnat intizomiga amal qilish.