Kafedra mudiri
Boymurodova Gulzoda Toshtemirovna 2000 yilda Buxoro davlat universitetining Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavriatni, 2002 yilda Pedagogika mutaxassisligi bo‘yicha magistraturani a’lo baholarda tamomlagan. Mehnat faoliyatini 2002 yilda Buxoro viloyati pedagoglarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida o‘qituvchi sifatida boshlagan. Keyingi yillarda Buxoro davlat universiteti, O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti, malaka oshirish institutlari hamda respublika miqyosidagi ta’lim muassasalarida turli mas’ul lavozimlarda faoliyat yuritgan.
2009 yilda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi ixtisoslashgan kengashda pedagogika fanlari nomzodi ilmiy darajasini, 2016 yilda dosent ilmiy unvonini olgan. 2020 yilda Nukus davlat pedagogika instituti huzuridagi ilmiy kengashda pedagogika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini, 2023 yilda esa professor ilmiy unvonini qo‘lga kiritgan.
U 2015 yilda “Xalq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan. 2022–2025 yillarda 4 ta darslik, 5 ta monografiya hamda 200 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar muallifi hisoblanadi. Shuningdek, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar va ilmiy-amaliy anjumanlarni tashkil etishda faol ishtirok etib kelmoqda.
Hozirda Buxoro davlat pedagogika institutida “Umumiy pedagogika” kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat yuritib, ta’lim jarayoniga zamonaviy innovatsion texnologiyalarni joriy etish va ilmiy izlanishlar bilan shug‘ullanib kelmoqda.
pedagogika
Ilmiy daraja: Fan doktori, DSc
Ilmiy unvon: Professor
2015- yil 16-fevralda G.T.Boymurodova Xalq ta’limi tizimida ta’lim sohasini rivojlanishiga qo‘shgan hissasini hisobga olib, Xalq ta’limi vazirligi tomonidan “Xalq ta’limi a’lochisi ” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.
Umumiy pedagogika
Buxoro davlat pedagogika instituti pedgogika va ijtimoiy fanlar fakulteti “Umumiy pedagogika”
kafedrasi mudiri p.f.d. (DSc), professor.