Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin!
shape
shape

BAQOYEVA MUQADDAS BAHRONOVNA

team image

BAQOYEVA MUQADDAS BAHRONOVNA

Tyutor

Baqoyeva Muqaddas Bahronovna Buxoro viloyati, Jondor tumani 29.09.1979-yilda tug'ulgan 

2002 y. Buxoro davlat universiteti (bakalavr),(kunduzgi) 

MEHNAT FAOLIYATI

1998-2002 yy. - Buxoro davlat universiteti talabasi

2002-2003 yy. - Jondor tumani 38-o‘rta maktab  o‘qituvchisi

2003-2004 yy. - Jondor tumani 19- HBYu da matematika va informatika fani o‘qituvchisi

2004-2008yy.- Jondor tumani Iqtisodiyot KHK da matematika va informatika fani o‘qituvchisi

2008-2009 yy. - Buxoro shaxar Turizm kollejida matematika va informatika fani o‘qituvchisi

2012-2017 yy. - Jondor tumani Qishlok xo‘jalik va milliy hunarmandchilik  KHK da matematika va                  informatika fani o‘qituvchisi  

2018-2021yy. - Buxoro davlat tibbiyot instituti  kafedra kabinet mudiri

2021y.1.02.-2021y.31.08. - Buxoro shahar 27-son maktabda informatika fani o‘qituvchisi

2021y.05.10.2021y.02.11.- Buxoro davlat tibbiyot instituti pediatriya fakulteti tyutori

2021 y.02.11 – 2022.02.01 - Buxoro davlat universiteti fizika – matematika fakulteti  tyutori

2022 y.20.05-03.01.2023y- Buxoro shahar “Losha” MFY. Xotin-kizlar faoli.

04.01.2023.y-x.v –  Buxoro davlat pedagogika instituti tyutori

Telefon raqam:
+998 90 511-70-01
Elektron pochta:
muqaddasbakaeva@gmail.com

matematika

Tyutorlik faoliyatining maqsadi — talaba-yoshlarni vatanparvarlik va milliy qadriyatlarga sadoqat ruhida tarbiyalash, shaxsiy-kasbiy rivojlanishiga yaqindan yordam berish, talabalarning taʼlim-tarbiya jarayonlariga moslashuvini taʼminlash, boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil qilishdan iborat.
 Tyutorlik faoliyatining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
talabalarning oliy taʼlim tashkiloti va taʼlim-tarbiya jarayonlariga moslashuviga, axborot-resurslari va boshqa manbalardan samarali foydalanishiga koʻmaklashish hamda shaxsiy-kasbiy qiziqishlarini rivojlantirishga qaratilgan yakka va jamoaviy maslahatlar berib borish, ichki tartib-qoidalar, odob-axloq kodeksi hamda boshqa lokal hujjatlar bilan talabalarni tanishtirish;
talabalarni vatanparvarlik, bagʻrikenglik, qonunlar, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida, zararli taʼsirlarga qarshi tura oladigan, hayotga boʻlgan qatʼiy ishonch va qarashlarga ega qilib tarbiyalash;
talabalarda sogʻlom turmush tarziga intilishni shakllantirish, shuningdek, ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va jismoniy tarbiya bilan muntazam shugʻullanishini taʼminlash;
nogironligi boʻlgan, yetim, ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan va ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalarni hamda ijtimoiy-madaniy, maʼnaviy-maʼrifiy hayotida faol ishtirok etayotgan talabalarni ragʻbatlantirish boʻyicha takliflar kiritish;
talabalarning yashash manzillari (talabalar turar joyi, ijara, yaqin qarindoshi va xususiy xonadonlar) boʻyicha muntazam monitoring yuritish hamda u yerdagi sharoit va talabalarning ijtimoiy (oilaviy) holatidan xabardor boʻlish, ularning bu boradagi muammolarini oʻrganib, uni bartaraf etish boʻyicha rahbariyatga tegishli takliflar kiritish;
talabalarning ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar bilan doimiy hamkorlikni yoʻlga qoʻyish hamda ularni farzandining oʻquv-tarbiyaviy va ijtimoiy-maishiy sohalardagi faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlardan xabardor qilib borish.