O‘quv-uslubiy kengash raisining o‘rinbosari vazifasini bajarish;
O‘quv-uslubiy boshqarma xodimlarining faoliyatini tashkil qilish, boshqarma xodimlariga o‘z vazifalarining ijrosi bo‘yicha uslubiy-amaliy yordam ko‘rsatish va xizmat vazifalarini talab darajasida bajarilishini nazorat qilish;
O‘quv-uslubiy boshqarmaning yillik ish rejasini tuzish;
Institut kengashi ishida ishtirok etish;
O‘quv jarayonini normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan talablar asosida to‘g‘ri tashkil etilganligi va HEMIS tizimidan foydalanish samaradorligini o‘rganib borish (jumladan, axborot tizimiga ma`lumotlarni o‘z vaqtida va to‘liq hajmda kiritilganligi, kredit-modul tizimini talab darajasida tashkil etilganligi);
O‘quv ishlariga doir Oliy ta`lim, fan va innovatsiyalar vazirligi buyruq, Hay`at yig‘ilishi qarorlari va ko‘rsatmalari, Institut kengashi qarorlarini institut miqyosida joriy etish bo‘yicha rektorning buyruq va qaror loyihasini tayyorlash;
Yo‘nalish va mutaxassisliklar bo‘yicha fanlarning o‘quv-uslubiy adabiyotlar va malakali mutaxassislar bilan ta`minlanish darajasini tahlil qilish ishlarini tashkil etish;
Institut kengashi, dekanlar yig‘ilishiga o‘quv ishlariga doir axborotlar va ma`lumotlarni tayyorlash;
O‘quv-uslubiy ishlarga doir rektor buyruq, qaror va ko‘rsatmalarini fakultetlarda ijrosini nazorat qilish;
Yangi o‘quv yili o‘quv jarayonini tashkil qilish rejasini tuzadi va uning ijrosi bo‘yicha fakul`tetlar faoliyatini muvofiqlashtirish;
Ta`lim yo‘nalishlari bo‘yicha yillik o‘quv reja va ishchi o‘quv rejalarini ko‘rib chiqish va tasdiq uchun tayyorlash;
Institut bo‘yicha o‘quv yuklamalari hajmi va mavjud shtat birliklari miqdori asosida professor-o‘qituvchilarning lavozimlari bo‘yicha o‘quv yuklamalari me`yorini belgilash va tasdiqdan o‘tkazish;
Kafedra ish hajmining professor-o‘qituvchilarga taqsimlanish sifati ustidan nazorat o‘rnatish, bu bo‘yicha kafedra yig‘ilishi qarori asosida rektor buyrug‘i loyihasini tayyorlash;
Kafedralar o‘quv yuklamasi va shtat birliklari o‘rtasida muvofiqlik bo‘lishi chorasini ko‘rish, kafedraga shtat ajratish yoki shtatni qisqartirish haqida taklif berish;
Fakultetlar taklifi va o‘quv rejalari asosida institut o‘quv grafigini tuzish va bu bo‘yicha rektor buyrug‘i loyihasini tayyorlash;
“Professor-o‘qituvchilar va o‘quv jarayoni haqida talabalar fikrini o‘rganish maqsadida so‘rovnomalar tashkil qilish, fakultetlar tahlilini institut miqyosida umumlashtirib, xulosa chiqarish ishlarini amalga oshirish;
YaDA sinovlari va bitiruv malakaviy ish himoyalarining samarali tashkil etilishini ta`minlash. YaDA jarayonida institut ma`muriyati nazoratini amalga oshirish;
O‘quv-uslubiy jarayonini tashkil etish hamda nazorat ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari va o‘quv-yordamchi xodimlariga uslubiy yordam ko‘rsatish;
O‘quv-uslubiy jarayonni tashkil etish va nazorat qilish ishlari bo‘yicha fakultet va kafedralar uchun uslubiy ko‘rsatmalar tayorlash ishlarini tashkil qilish;
O‘quv-uslubiy ishlarda o‘ziga berilgan vakolat doirasida samarali faoliyat ko‘rsatayotgan yoki kamchiliklarga yo‘l qo‘yayotgan professor-o‘qituvchilar va o‘quv yordamchi xodimlarni taqdirlash yoki jazo choralari ko‘rish haqida belgilangan tartibda taklif kiritish;
Vazirlik va boshqa yuqori tashkilotlarga rektor (yoki o‘quv ishlari prorektori) ko‘rsatmasiga asosan so‘ralgan ma`lumotni tayyorlash;
O‘quv jarayoniga oid me`yoriy va ishchi hujjatlarni tahlil qilib borish va takomillashtirish bo‘yicha belgilangan tartibda taklif kiritish; bu bo‘yicha fakultetlar takliflarini umumlashtirish;
Boshqarma xodimlarining malakasini va ish unumini oshirish choralarini belgilash, boshqarma faoliyatini takomillashtirish choralarini ko‘rish;
Xodimlar bo‘limi bilan birgalikda boshqarma tarkibini tajribali, ishga ijodiy yondasha oladigan, qat`iyatli va adolatli xodimlar bilan to‘ldirish choralarini ko‘rish;
Fakultetlarning o‘quv-uslubiy ishlar bo‘yicha yillik hisobotlarini umumlashtirish;
Boshqarma xodimlari, professor-o‘qituvchilar va talabalarning mehnat va o‘quv intizomlari ustidan nazorat o‘rnatilishini tashkil qilish;
O‘quv ishlari bo‘yicha murojaat, shikoyat va arizalarni ko‘rib chiqish hamda hal qilish choralarini ko‘rish;
O‘quv ishlari bo‘yicha muammoli vaziyatlarni, tushunmovchiliklarni tahlil qilish va belgilangan tartibda bartaraf etish chorasini ko‘rish;
Dekanat va kafedralarning o‘quv-uslubiy ishlar bo‘yicha faoliyatini tahlil qilib borishni tashkil etish. Qayd etilgan kamchiliklarning kafedra va dekanatlar tomonidan tuzatilishini nazoratga olish, ularga uslubiy-amaliy yordam ko‘rsatish.
Pedagog kadrlar va mutaxassislarni tayyorlash, ularni qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish, professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish rejalarini ishlab chiqish va amalga oshirishga rahbarlik qilish;
O‘quv mashg‘ulotlari jadvalini tuzish, tasdiqlash va bajarilishini nazorat etish, kafedralar o‘quv yuklamalari va yillik hisobotlarini tahlil qilish va o‘quv jarayonini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor xizmat safarida, mehnat ta`tilida yoki boshqa sabablar tufayli bo‘lmaganda uning vazifasini vaqtincha bajarish;
Ta`lim platformalari bilan ishlash, nazorat qilish va yo‘nalishiga qarab tegishli ko‘rsatmalarni berish;
Oshkor qilib bo‘lmaydigan (konfidentsial) ma`lumotlarni o‘z ichiga oluvchi axborotlarni, shuningdek shaxsga oid ma`lumotlarni Ish beruvchi ruxsatisiz uchinchi shaxsga bermasligini va axborotni to‘liq saqlanishini o‘z zimmasiga oladi.
Boshqarma xodimlarining lavozim vazifalari bo‘yicha topshiriqlarni bajarish natijalariga ko‘ra ularni rag‘batlantirish yoki intizomiy chora ko‘rish haqida institut rahbariyatiga o‘rnatilgan tartibda taklif va tavsiyalar kiritish;
Boshqarma xodimlarini ishga o‘z vaqtida kelib-ketishini nazorat qilish, ishga kelmaganda, kasal bo‘lganda, tug‘ruq ta`tili yoki o‘z hisobidan ta`til olmoqchi bo‘lganda o‘sha zahotiyoq institut rektori nomiga bildirishnoma yozib, xodimlar bo‘limini ogohlantirish;
Institutning Ustavi, Ichki tartib qoidalari, Odob axloq kodeksi, Ijro intizomi, Mehnatni muhofaza qilish, Xavfsizlik texnikasi va Ishlab chiqarish sanitariyasiga doir qoidalari, Kengash qarorlari, rektor buyruqlari (topshiriqlari), ta`lim tizimiga doir hujjatlar, institutning korruptsiyaga qarshi kurashish siyosati va sohaga oid boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda quyilgan maqsad va vazifalarga, shuningdek o‘zining xizmat vazifalariga rioya etish.