Sayt test rejimida ishlamoqda!
shape
shape

JO‘RAYEV QO‘LDOSHJON ISMATULLO O‘G‘LI

  • Bosh sahifa
  • API User Backup_user Kadrlar bo'limi Kichik Admin Super Administrator Rahbariyat Registrator ofisi
team image

JO‘RAYEV QO‘LDOSHJON ISMATULLO O‘G‘LI

API User Backup_user Kadrlar bo'limi Kichik Admin Super Administrator Rahbariyat Registrator ofisi

Jo‘rayev Qo‘ldoshjon Ismatullo o‘g‘li 1996-yilda Buxoro viloyati, Vobkent tumamanida tavallud topgan. U 2019-yil Buxoro davlat universitetining “Kasb ta’limi: Informatika va axborot texnologiyalari” yo‘nalishini (bakalavr), 2021-yilda Buxoro davlat universitetining “Amaliy matematika va axborot texnologiyalari” mutaxassisligi bo‘yicha magstraturani tamomlagan. Ilmiy faoliyati: 24 ortiq ilmiy maqola va tezislar, 1 ta monografiya, 1 ta o‘quv qo‘llanma 13 ta mualliflik guvohnomasi mavjud. 2022-yildan 19.00.06 - Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi ixtisosligida “Talabalarda shaxslararo muloqot madaniyatini rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari” mavzusida ilmiy izlanish olib bormoqda. Ish faoliyati: 2018-2020 yy. Buxoro davlat universiteti Axborot xavfsizligini ta'minlash bo'limi 1-toifali muhandis dasturchisi 2021 yy. Buxoro davlat universiteti Raqamli ta'lim texnologiyalari markazining raqamli ta'lim texnologiyalarini joriy etish bo'limi Kontent-menedjeri (axborot resurslari bo‘yicha mutaxassis) 2022- h.v. Buxoro davlat pedagogika instituti Raqamli ta’lim texnologiyalari markazi boshlig‘i

Telefon raqam:
+998993386774
Elektron pochta:
aboying1996@gmail.com
Web of Science ResearcherID:
LPP-3454-2024
Scopus:
-
OrcId:
0009-0008-9338-7879
Google scholar:
Google scholar

Raqamli ta'lim texnologiyalari markazining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • Universitetda axborot xavfsizligiga paydo boʻlayotgan tahdidlar toʻgʻrisida oʻz vaqtida universitet rahbariyatini xabardor qilish, shuningdek, axborotlarni muhofaza qilish boʻyicha konsultatsiya xizmatlari koʻrsatadi;
  • “Elektron taʼlim” milliy tarmogʻi boshqaruvi faoliyatini tashkil etadi va nazoratini olib boradi;
  • Universitetdagi mavjud kompyuter texnologiyalarining dasturlarini toʻgʻri ishlashini nazorat qilish;
  • Universitetga tegishli kompyuterlarni texnik koʻrikdan oʻtkazib turish va taʼmirlash ishlarini tashkil qilish;
  • Kompyuter operatorlari ishini nazorat kilish;
  • Universitet kompyuter zahirasini zamonaviy kompyuterlar hisobiga oshirish va mavjud kompyuterlarni takomillashtirib borish;
  • Universitetda Internet tarmogʻi, (E-mail) elektron pochta xizmatlarini talab darajasida ishlashini nazorat qilib borish, xabar va yangiliklarni oʻz vaqtida qabul qilinishi va tarqatilishini nazorat qilish;
  • Universitetning nusxa koʻpaytirish dastgohlarining ishini nazorat qilish, dasturiy taʼmirlash va koʻrikdan oʻtkazib turilishini nazorat qilish;
  • Universitetning elektron oʻqitish boʻyicha olib boriladigan barcha ishlariga rahbarlik qilish hamda elektron oʻqitishni tashkil etish boʻyicha mahalliy va xorijiy oliy oʻquv yurtlari bilan aloqalar oʻrnatish;
  • Universitet tomonidan byudjetdan tashqari mablagʻlarni ishlab topishda yaqindan yordam berish, kompyuter savodxonligi kurslarini tashkil etish, rahbariyat ruxsati asosida AKT sohasida qonun hujjatlari bilan taʼqiqlanmagan faoliyatlarni amalga oshirish, universitet nomidan dasturiy mahsulotlar yaratish va sotish;
  • Universitetda axborot tizimlari, resurslari va maʼlumotlar bazalarining axborot xavfsizligini taʼminlash;
  • Qonun buzuvchilarni tahlil qilish, identifikatsiyalashda, axborotlar makonidagi ruxsatsiz yoxud buzuvchi harakatlarni amalga oshirishda foydalaniladigan usullar va vositalarni tahlil qiladi;
  • Vazirlik axborotlashtirish obyektlarida oshkor qilib boʻlmaydigan (konfidensial) maʼlumotlarni oʻz ichiga oluvchi axborotlarni Ish beruvchi ruxsatisiz uchinchi shaxsga bermasligini va axborotni toʻliq saqlanishini oʻz zimmasiga oladi; 
  • Axborot uzatishning zamonaviyligi va haqqoniyligini taʼminlash;
  • Axborot xavfsizligiga ichki va tashqi tahdidlarni aniqlash;
  • Saqlanayotgan hamda aloqa kanallaridan uzatilayotgan maʼlumotlarni ruxsat etilmagan tashriflar, modifikatsiyalar, soxtalashtirishlar va yoʻqotishlardan himoyalash;
  • Operatsion tizimlar va ularda ishlatiladigan amaliy dasturlar (amaliy masalalarni yechish uchun) va dasturiy vositalar ishchi holatini nazorat qilish, ish holati buzilganda qayta tiklash;
  • Saqlanayotgan, qayta ishlanayotgan va aloqa kanallaridan uzatilayotgan tarqalishi cheklangan axborotning tarqalib ketishidan himoyalash;
  • Roʻyxatdan oʻtgan foydalanuvchilar uchun apparat, dasturiy va axborot resurslardan foydalanish imtiyozini berish;
  • Himoyalangan resurs va tarmoq xizmatlari bilan ishlagan foydalanuvchilarni   tizim jurnalida roʻyxatdan oʻtkazish hamda foydalanuvchining xatti-harakatining toʻgʻriligini ushbu jurnalni davriy tahlili asosida nazoratda ushlash;
  • Internet tarmogʻi milliy segmentida axborot xavfsizligi hodisalarining oldini olish boʻyicha oʻzaro amaliy ishlarni tashkil etish maqsadida axborot xavfsizligi sohasidagi xalqaro hamkorlikni rivojlantiradi.

2019-yil Buxoro davlat universitetining “Kasb ta’limi: Informatika va axborot texnologiyalari” yo‘nalishini (bakalavr), 2021-yilda Buxoro davlat universitetining “Amaliy matematika va axborot texnologiyalari” mutaxassisligi bo‘yicha magistr

1

2

Dasturlash asoslari
Algoritmik tillar va dasturlash asoslari
Tizimli dasturlash
Mobil ilovalar yaratish
Berilganlar bazasi boshqarish tizimi

T/r Jurnal nomi Maqola mavzusi Yil Ko'rish
1 PEDAGOGIK MAHORAT СОЗДАНИЕ ИНТЕРАКТИВНЫЙ КОНТЕНТ В MOODLE 2024 Ko'rish
2 The American Journal of Interdisciplinary Innovations and Research Development Of An Electronic System For Online Assessment Of The Work Of The Teaching Staff On A 110- Point System 2024 Ko'rish
3 TA’LIM VA INNOVATSION TADQIQOTLAR TALABA SHAXSINI SHAKLLANISHIDA KASBIY YETUKLIK VA KOMPETENTLIKNING AHAMIYATI 2024 Ko'rish
T/r Sertifikat nomi Ko'rish
1 DGU Ko'rish
T/r Loyiha nomi Ko'rish

T/r Mavzu Ko'rish

T/r Mavzu Ko'rish

T/r Mavzu Ko'rish

T/r Mavzu Ko'rish

Bog'lanish

Savol va takliflar uchun