Fakulteti dekani
Tilavova Matlab Muxamadovna 1968- yil Buxoro shahrida tug‘ilgan, millati - o‘zbek.
None
1990-yil S.Orjonikidze nomidagi Buxoro davlat pedagogika instituti umumtexnika fanlari va mehnat mutaxassisligini bitirgan. Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot institutidagi ixtisoslashgan kengash yig‘ilishida “O‘quvchilarda gender tenglik va farqlar asosida umummehnat ko‘nikmalarini shakllantirish” (boshlang‘ich sinf mehnat darslari misolida) mavzusida 13.00.01. – Pedagogika nazariyasi va tarixi ixtisosligi bo‘yicha pedagogika fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun bajarilgan nomzodlik dissertatsiyasini 2009-yil 12-fevral kuni muvaffaqqiyatli himoya qilgan. O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasining 2009- yil 28-maydagi, 155/1-sonli bayonnomasiga asosan unga pedagogika fanlari nomzodi ilmiy darajasi berilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy attestasiya komissiyasining 2020-yil 30-yanvar sanasidagi 275/1-sonli bayonnomasi asosida Boshlangʻich ta’lim nazariyasi va uslubiyoti ixtisosligi boʻyicha dotsent ilmiy unvoni berilgan.
Umumiy ish staji 35 yil. Ilmiy va pedagogik staji 35 yil. Buxoro davlat universitetida pedagogik ish staji – 26 yil (1993-2019 yy.) 1993-yil oktabrdan 2002-yil 10-dekabrgacha o‘qituvchi lavozimida, 2002- yil 10- dekabrdan 2008-yil 12-dekabrgacha katta o‘qituvchi lavozimida, 2011-yil 12-dekabrdan 2012-yil 13-avgustgacha kafedra mudiri lavozimida, 2012-yil 13-avgustdan 2015-yil 20-maygacha Buxoro pedagogika kolleji direktori lavozimida, Buxoro davlat universitetida 2015-yil 01-dekabrdan 2025-yil 04-sentabrgacha Buxoro davlat pedagogika institutida 04-sentabr 2025-yildan hozirgacha Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti dekani lavozimida ishlab kelmoqda.
None
Tilavova Matlab Muxamadovna o‘quv jarayoni, ilmiy-tadqiqot faoliyati va tashkiliy-uslubiy ishlarni samarali bajarish va boshqarishda ish tajribasiga ega. Kafedra professori sifatida ixtisosliklar bo‘yicha o‘quv-metodik faoliyatni yaxshilash, ta’lim sifatini oshirish, ilmiy-tadqiqotlar ustidagi ishlarni rivojlantirish, zamonaviy talablar asosida pedagogik va axborot texnologiyalarini dars jarayoniga izchil joriy qilishda mas’uliyat bilan yondashmoqda. Yosh o‘qituvchilarning ilmiy-pedagogik salohiyati va mas’uliyatini oshirish, ilmiy-tadqiqotga jalb qilishda shaxsiy tashabbuskorlik ko‘rsatmoqda. Tilavova Matlab Muxamadovna pedagogik faoliyati davomida o‘qitadigan fanlari 60110500 – Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishidagi talabalariga “Texnologiya va uni o‘qitish metodikasi” fanlaridan dars berib, pedagogik faoliyati davomida yaratgan “Texnologiya va uni o‘qitish metodikasi”, “Texnologiya o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma va darsliklarni kutubxonaga taqdim etgan. Talabalar tomonidan dars jarayonlarida nazariy ma’lumot olishda, bilimini boyitishda muhim manba sifatida qo‘llanilmoqda.
T/r | Jurnal nomi | Maqola mavzusi | Yil | Ko'rish |
---|---|---|---|---|
1 | ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal | AN INNOVATIVE APPROACH TO TEACHING THE SUBJECT "TECHNOLOGY" IN A SECONDARY SCHOOL | 2024 | Ko'rish |
2 | Ta'lim transformatsiyasi | TA’LIM JARAYONIDA GENDER TENGLIK VA FARQLARNI HISOBGA OLISHNING PEDAGOGIK VA PSIXOLOGIK IMKONIYATLARI. | 2024 | Ko'rish |
3 | SCIYENTIFIK PROGRES | TEXNOLOGIYA DARSLARIDA QO‘L MEHNATIDAN FOYDALANISH TALABLARI | 2024 | Ko'rish |
4 | Ta’lim va innovatsion tadqiqotlar | 2-SINF TEXNOLOGIYA DARSLARINI MILLIY O‘QUV DASTURI ASOSIDA TASHKIL ETISH METODIKASI | 2024 | Ko'rish |
5 | American Journal of Science and Learning for Development | Methods and Means of Forming Technological Skills of Primary School Students | 2024 | Ko'rish |
T/r | Sertifikat nomi | Ko'rish |
---|---|---|
1 | AN INNOVATIVE APPROACH TO TEACHING THE SUBJECT "TECHNOLOGY" IN A SECONDARY SCHOOL | Ko'rish |
2 | Texnologiya darslarida qo'l mehnatidan foydalanish talablari | Ko'rish |
3 | Boshlang'ich sinf texnologiya darslarida tabiiy materiallar bilan ishlash jarayoni | Ko'rish |
4 | Mir olimpiad | Ko'rish |
T/r | Loyiha nomi | Ko'rish |
---|
T/r | Mavzu | Ko'rish |
---|